"Manchester Siti" APLda ochkolaridan mahrum etilishi yoki Premer-ligadan chetlatilishi mumkin
06 fev 2023 19:27
Yangiliklar


"Manchester Siti" APLda ochkolaridan mahrum etilishi yoki Premer-ligadan chetlatilishi mumkin
Agar klubning moliyaviy xatosi isbotlansa, "Man Siti" jiddiy jazolanishi mumkin.
Premer-liga 2009/10 yilgi mavsumdan beri "Manchester Siti"ni 100 dan ortiq moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybladi.
The Times nashrining Premer-liga qoidalariga tayanib yozishicha, bunday qoidabuzarliklar uchun davo muddati yo'q.
Daily Mail nashrining aniqlik kiritishicha, agar "Manchester Siti" moliyaviy qonunbuzarliklarda aybdor deb topilsa, klub ochkolardan mahrum qilinishi yoki Premer-ligadan chetlatilishigacha bo'lgan turli jazolarga duch kelishi mumkin.
“Man Siti” hozircha vaziyatga izoh bermadi, biroq Daily Mail xabariga ko'ra, "shaharliklar" o'zlarini “astoydil” himoya qilishga tayyor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar