"Manchester Siti" Angliya chempioni bo'lgani uchun "Liverpul"ga 1,2 mln. evro o'tkazib beradi
18 apr 2018 13:58
Yangiliklar


"Manchester Siti" Angliya chempioni bo'lgani uchun "Liverpul"ga 1,2 mln. evro o'tkazib beradi
"Manchester Siti" muddatidan avval Angliya chempioniga aylandi.
Endi "shaharliklar" "Liverpul" hisobiga 1,2 mln. evro o'tkazib beradi.
2015 yil Raxim Sterling "qizillar"dan "Manchester Siti"ga o'tgan edi. O'sha payt imzolangan shartnoma bo'yicha, agar "Siti" Angliya chempioni bo'lsa, ular mersisaydlarga qo'shimcha 1,2 mln. evro to'lashi qayd etib qo'yilgandi.
"SHaharliklar" Premer-liga yakunlanishidan 5ta tur avval chempionlikni qo'lga kiritdi.
Sterling joriy mavsum barcha turnirlarda "Siti" safida 42ta o'yin o'tkazib, 22ta gol urdi va 14ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar