"Manchester Siti" afsonaviy futbolchisi Gvardiola jamoasining APLdagi yagona raqibini aytdi
07 sen 2023 14:09
Yangiliklar
"Manchester Siti" afsonaviy futbolchisi Gvardiola jamoasining APLdagi yagona raqibini aytdi
"Manchester Siti" sobiq yarim himoyachisi David Silvaning fikricha, Angliyada "shaharliklar"ga faqat bitta jamoa kurash olib borishga qodir.
"Ularning ajoyib jamoasi, qoyilmaqom futbolchilari bor. Bu Pepning "Siti"dagi sakkizinchi mavsumi. Birinchi yili u ligaga ko'nikib qolgandi, ammo hozir jamoani deyarli to'xtatib bo'lmaydi. "Arsenal" "Siti" bilan kurashish imkoniyatiga ega bo'lgan yagona jamoa. Qolganlar? Menimcha, yo'q", – dedi David Silva.
Eslatib o'tamiz, David Silva 2010 yildan 2020 yilgacha "Manchester Siti"da o'ynagan. U "shaharliklar" safida 436 ta o'yinda maydonga tushib, 77 ta gol urgan, 140 ta golli uzatmani amalga oshirgan va jamoaning to'rt marta APL g'olibi bo'lishiga yordam bergan.
37 yoshli David Silva ushbu yozda xochsimon payi yorilishi tufayli faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Fikrlar