So’nggi yangiliklar

06:11Қўшни Тожикистон кўплаб вазиятлар яратди, аммо Марокашга мағлуб бўлди ГАЛЕРЕЯ  0 01:05ОФК Элит Чемпионлар лигаси. Машарипов жамоаси йирик ғалабага эришди, Остон Ўруновники эса меҳмонда мағлуб бўлди  6 00:56Эртага янги форматдаги УЕФА Чемпионлар лигасини ZO'R TVда кўрамиз  1 00:33"Бавария" Октоберфест шарафига тайёрланган формасини кўрсатди  1 00:12"Унион"нинг 19 ёшли дарвозабони Арсланнинг оёғини кесиб ташлашди  1 23:15Ироққа Роналдусиз борган "Ал Насср" Элит Чемпионлар лигасини дуранг билан бошлади, ОЧЛ ғолиби қатарликлар билан муроса кўчасини танлади  5 22:57Февзи Давлетов: “Дуранг натижага мос ўйин эди”  1 22:54Миржалол Қосимов: “Насаф” билан 6 очколик ўйин бўлади”  8 22:45"Реал"нинг 18 ёшли юлдузи 21 ёшли моделга уйланди  14 22:28Тебас: "Агар "Манчестер Сити" жазоланмаса, АПЛ обрўсига зарар етади"  7 21:45Футзал бўйича ЖЧ. Франция иродали ғалабага эришди  0 21:29Суперлига. ОКМК бир киши кам бўлиб қолган "Сурхон" устидан қийин ғалабага эришди  41 21:20Футзал бўйича ЖЧ. Тожикистон терма жамоаси дастлабки турда Марокашга мағлуб бўлди  3 21:00Футзал бўйича ЖЧ 1-тур. Португалия нафақат турнинг, балки мусобақанинг энг чиройли голини урди  2 20:00"Арал" Про лиганинг 1 та учрашувини тест тариқасида янги стадионда ўтказади  0

"Manchester Siti" 4-1 "Tottenxem". Aguerodan poker! Yangiliklar

"Manchester Siti" 4-1 "Tottenxem". Aguerodan poker!

Angliya premer-ligasi 8-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Tottenxem" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.

                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                       
YANGILASH

"Manchester Siti" 4-1 "Tottenxem"

Gollar: 1:0 – 13 Aguero, 1:1 – 15 Eriksen, 2:1 – 20, penalti Aguero, 3:1 – 68, penalti Aguero, 4:1 – 75 Aguero.
Manchester Siti – Jo Xart, Sanya, Kompani, Demichelis, Klishi, Fernando (Yaya Ture, 76), Lempard (Fernandino, 28), Navas, Silva (Yovetich, 70), Milner, Aguero.
Tottenxem – Loris, Rouz, Dayer, Fasio, Kabul, Eriksen, Meyson (Vertongen, 70), SHadli, Kapu (Dembele, 60), Lamela (Taunsend, 60), Soldado.
Ogohlantirish: Meyson (33), Dayer (37), Navas (55).

CHetlatish: Fasio (67).



O'yin yakunlandi! "Manchester Siti" futbolchilari o'z hisobiga navbatdagi uch ochkoni ko'shib qo'ymoqdalar! Aguero 4:1 "Tottenxem. Etiboringiz uchun raxmat! Sog' va omon bo'lishga majbursiz!

90+2. Kuchli zarba "Siti"chilardan tashkil topgan "jonli devor"ga tegib qaytdi.

90+1. CHamasi 18 metrlardan jarima to'pi. "Tottenxem" futbolchilari tepadilar!

90. Ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berildi.


89. Mezbonlar to'pni nazorat qilishda davom etmoqdalar!

87. Zarbaaaaa... "Siti" futbolchining tepgan to'pi darvoza ustuniga tegib qaytdi!

84. SHuningdek, bugungi o'yinda 4 ta penalti belgilandi. SHundan ikkitasi gol. Ikkitasida esa darvozabonlar o'zini ko'rsatdi. Bunday holatlarni kamdan-kam kuzatamiz.

81. Aguero bu mavsumda APLdagi ilk pokerni qaydi etdi.

79. 10 kishi bo'lib qolgan "Tottenxem" futbolchilari yirik hisobda mag'lub bo'lmoqdalar...

76. Himoyachidan ustunlik qilgan argentinalik futbolchi londonliklar darvozasini ishg'ol qilmoqda!


75. GOOOOOOOOOOOLLL!!! Yana Aguero!!!!!

72. To'p nazorati "shaharliklar"da!

70. David Silva o'rniga Yovetich maydonga tushdi!

68. GOOOOOOOLLL!!! Aguero. Penaltidan! Argentinalik futbolchi xet-trikni nishonlamoqda!

67. "Tottenxem" futbolchisi Fasioga qizil kartochka! U jarima maydonchasi ichida Agueroga nisbatan qo'pollik ishlatdi! Yana penalti!


66. Darvozabonlar bugun ancha faol harakat qilmoqdalar.

65. Yana Soldadoning ajoyib zarbasi. Jo Xart o'z o'rnida!

64. O'yinda uchta penalti belgilandi. SHundan faqatgina bittasi golga aylantirildi.

62. Nimalar bo'lyaptiiii? Soldado penaltidan foydalana olmadi! Jo Xartdan ajoyib seyv!!!

62. Penaltiiiii! Yana penalti! Bu safar "Siti" darvozasiga. "SHaharliklar" himoyachisi Soldadoga nisbatan qo'pollik ishlatdi!

61. "Tottenxem" tarkibidagi Lamela o'rniga Taunsend maydonga tushdi.

60. Havli hujuuuum.... Silvaning to'p oshirishiga Aguero biiir oz ulgura olmadi... Bir so'z bilan aytganda sal qolishiga sal qoldi)

59. Endi "Siti"ning qarshi hujumi. Loris to'pni qaytarib qoldi. Burchak to'pi.

57. "Tottenxem" bosim uyushtirmoqda. Adashmasam to'p jarima maydonchasi ichida "shaharliklar" futbolchisining qo'liga tegdi. O'yin esa davom etmoqda.

56. Xesus Navasga sariq kartochka.

55. Burchak to'plarini amalga oshirish bo'yicha londonliklar oldinda. Hisob 2:4. Bu albatta statistika muxlislari uchun)

53."Tottenxem" vakillarining hujumi. Himoyachilar o'z o'rnida!

50. Kun Aguero bugun faol. Ikkita gol, bitta amalga oshirilmagan penalti... Uni Fifa.uzda o'z jamoasiga olganlarga salom yo'llab qolamiz)

49. Aguero chamasi 15 metrlardan kuchli zarba yo'lladi. Loris to'pni qaytara oldi.

47. CHempionlik uchun kurash olib borayotgan "Siti" vakillari g'alabani ushlab qola olarmikinlar? Ko'ramiz...

46. Ikkinchi bo'limni "Tottenxem" futbolchilari boshlab berdilar.


Demak yana o'yinga qaytamiz. Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda!

Tanaffus!


45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Birinchi bo'limdagi to'xtalishlar o'rnini qoplash uchun 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. "Siti"ning hujumi. Xesus Navasning zarbasini darvozabon bartaraf eta oldi.

43. Erikson bugun juda faol. Jamoasining deyarli har bir hujumida ishtirok etmoqda!

41. Londonliklar yana havli hujum uyushtirdilar. Jo Xart maladddeeees! Qoyil qolish zarur!

40. Eriksenning ajoyib zarbasi. Yana Xart o'z o'rnida!

36. Klishiga nisbatan qo'pollik uchun Daerga ogohlantirish.

33. Yana hujum. Yana Loris o'zini ko'rsatmoqda! Hujumchi degani shu Agueroga o'hshasada! Yunus Qobuldan ajoyib tarzda qochib keta oldi.


33. Aguero penaltidan foydalana olmadi! Lorisdan ajoyib seyv!

32. Yana penaltiiiiiii..... Yunus Qobil David Silvaga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

31. Eriksenning zarbasi bir oz noaniq...

30. Londonliklar hujumda. Ular ijrosida jarima to'pi ko'ramiz!

28. Haaaa... Uning o'niga maydonga Fernandino tushmoqda. Stadionga yig'ilganlarning barchasi Frenkni olqishlamoqdalar!



27. Frenk almashtiriladi shekilli...

26. Lempard maydon markazida tibbiy yordam so'ramoqda. O'yin tuxtatildi. Frenkka tibbiy yordam ko'rsatilmoqda!

24. "Siti"ning yana bir hujumi. Loris o'z o'rnida!

23. Yana hujum. Yana Aguero. Yana o'yindan tashqari holat!

21. Argentinalik futbolchi to'pni chap tomonga tepdi. Loris esa o'ng tomonga otilgandi... Davom etamiz!

20. GOOOOOLLL! Yana Aguero! 2:1!

19. PENALTIIIII! Frenk Lempardni yiqitishdi!

17. "SHporlar"ning taslim bo'lish niyatlari yo'q!

16. Fernandoning qo'pol xatosidan foydalanib to'pni olib qo'ygan londonliklar tezkorlik bilan muvozanatni tikladilar. Ha aytgancha, Eriksenga to'pni Soldado oshirib berdi!

15. GOOOOOOOLL! Eriksen! 1:1!

14. Lempardning to'p oshirishidan so'ng argentinalik futbolchi raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda!

13. GOOOOOOLLLL! Aguerooooo!!!

10. "SHaharliklar" tezkorlik bilan qarshi hujumga o'tishdi. Lekin, Aguero "offsayd"da!

8. Hujuuuuuum. Londonliklar ketma-ket ikkita hujum uyushtirdilar. Birinchi Meyson, so'ngra Eriksenning zarbalarini Xart bartaraf etdi. Ajoyib seyv!

7. Mezbonlar o'ng qanot orqali hujum qilishga harakat qilmoqdalar. Yani Bakari Sanya orqali.

5. "Siti" vakillari pressing uyushtirmoqdalar.

3. O'z o'rnida "Tottenxem" futbolchilari ham raqib tomon ilk hujumlarini uyushtirdilar. Lekin, himoyachilar o'z o'rnida.

1. O'yinni "shaharliklar" faollik bilan boshladilar!

-O'yin boshlandi!

- APL 8-turining markaziy o'yininini bugun sizlar bilan Azizbek To'xtamurodov kuzatib boradi.

- Assalomu alaykum Evropa futboli ixlosmandlari!

- Uchrashuv soat 16:45da boshlanadi.


Manchester Siti 4–1 Tottenxem
18 oktyabr, 16.45, Etixad Stedium
Manchester Siti
– Jo Xart, Sanya, Kompani, Demichelis, Klishi, Fernando, Lempard, Navas, Silva, Milner, Aguero.
Tottenxem – Loris, Rouz, Dayer, Fasio, Kabul, Eriksen, Meyson, SHadli, Kapu, Lamela, Soldado.

Gollar: Aguero 13,20,68,75 - Eriksen 15.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика