So’nggi yangiliklar

13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  2 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1

Manchester derbisi haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 vaziyat Yangiliklar

Manchester derbisi haqida biz bilishimiz kerak bo'lgan 5 vaziyat

"Manchester Siti" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi APLning qoldirilgan 26-tur uchrashuvi golsiz yakunlandi.

Ushbu bahsda gol kiritilmagan bo'lsada, maydon va uning atrofida bir qancha qiziqarli voqealar bo'lib o'tdi. Uchrashuvdagi eng qiziq 5 vaziyatni etiboringizga havola qilamiz.

Lingard diplomat

Maruan Fellaynining qizil kartochkasi ahmoqona ravishda ishlab olindi. Agueroga boshi bilan zarba bergan belgiyalik to'g'ridan-to'g'ri chetlatildi. Hakamning qaroridan g'azab otiga mingan Maruan Fellayni argentinalikdan o'ch olishga urindi, ammo uning jamoadoshi Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisini tinchlantirib, maydonni tark etishga ko'ndira oldi.




"Siti" muxlisasi ofsayd bayroqchasini ko'rmadi

Bahsning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan ilk daqiqasida Gabirel Jezus bosh bilan David de Xea darvozasini ishg'ol qildi, ammo braziliyalik o'yindan tashqari holatda edi. O'yin bosh hakami Martin Atkinson bayroqchani payqashi uchun bir necha soniya kerak bo'ldi va u xushtagini chalib, gol hisobga olinmaganini ko'rsatdi. Biroq bahsga tashrif buyurgan "shaharliklar" muxlislaridan biri golni katta xursandchilik bilan nishonlashga tushib ketdi. Bir necha soniya o'tib uning yonidagi ishqiboz ayolni to'xtatdi va hakamni ko'rsatib, gol hisobga olinmaganini aytdi.




Manchester derbisida Venger muhokamasi

Arsen Venger taqdiri London shimolidagilar uchun qiziq mavzu. Ammo Manchester derbisiga tashrif buyurganlar orasida ham franciyalik mutaxassisning kelajagiga qiziqadiganlar borligi aniqlandi.

Manchester derbisidan oldin bir ishqiboz juda g'alati yozuvli futbolka bilan o'yinga tashrif buyurdi. "Wengerin.com (Venger qolsin), Manchester uchun eng yaxshi natija" deb yozilgan edi. Uchrashuv vaqtida ham kichik samolyot "Wengerin.com" yozuvi bilan stadion ustidan parvoz qildi.




Sardor yana zaxirada qoldi

Manchester derbisidan oldin "Manchester Yunayted" sardori va hujumchisi Ueyn Runi juda yaxshi kayfiyatda edi. U xatto "SkySports" kameralariga qarab hozir ham yuqori darajada o'ynay olishini aytdi.

"Byornli"ga qarshi bahsda (2:0) gol urgan Runi Manchester derbisida maydonga tushishga umid qilgan edi, ammo bunday bo'lmadi.

Mourino qaroriga ko'ra, Runi uchrashuvni zaxirada boshladi va uni o'sha erda tugatdi.



Juda yaqin kamera, juda yaqin

Kameralar hech qachon Joze Mourinoga bunchalik yaqin kelmagan. Mourino "Siti" muxlisi bilan suratga tushish uchun tribunaga o'tdi va ishqibozning niyatini amalga oshirdi. U maydonga qaytayotganda telekamera unga juda yaqin keldi, biroq mutaxassis hech qanday reakciyasiz yo'lida davom etdi.



Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика