

YCHL 3-turi doirasida “Real” “Galatasaroy”ga qarshi bahs olib boradi. Agar Madrid klubi ushbu bahsda yutqazsa, Zinedin Zidan iste'foga chiqariladi. Qayd etilishicha, klub rahbariyatini o'yin darajasi emas, balki natijalar xavotirga solmoqda. Zidanning o'rniga esa Joze Mourinyo va Massimiliano Allegri nomzodlari ko'rib chiqilmoqda.


