Manba: "Galatasaroy" Eldor SHomurodov bilan shartnoma imzolash niyatida
25 iyu 2023 19:45
Yangiliklar
Manba: "Galatasaroy" Eldor SHomurodov bilan shartnoma imzolash niyatida
Turk klubi "Roma" futbolchisini o'z safida ko'rishni istamoqda.
"Roma" klubi hujumchisi Eldor SHomurodovning xizmatlariga Turkiyaning "Galatasaroy" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Turkiyaning Fotospor nashri xabar berdi. "Galatasaroy" SHomurodovni o'z tarkibiga qo'shib oladigan bo'lsa, futbolchi legioner deb hisoblanmaydi.
Eslatib o'tamiz, 2023/24 yilgi mavsumdan boshlab Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston va Turkmaniston fuqarosi bo'lgan maksimal bir nafardan futbolchi turk klublari tarkibida to'p tepgan taqdirda legioner hisoblanmaydi.
Malumot uchun, Eldor SHomurodov o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Speciya" safida ijarada o'tkazdi va 16 o'yinda bitta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar