Manba: "CHelsi" Norvegiya chempionatidan 19 yoshli hujumchini transfer qiladi
16 dek 2022 10:48
Yangiliklar
Manba: "CHelsi" Norvegiya chempionatidan 19 yoshli hujumchini transfer qiladi
O'tish yanvar oyida amalga oshiriladi.
Taniqli insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "CHelsi" Norvegiya chempioni "Molde"ga hujumchi Datro Fofana uchun 10 million evro to'laydi. Klublar o'tgan mavsumda 15 ta gol urgan 19 yoshli hujumchining transfer narxini kelishib oldi. Ammo "CHelsi" haligacha Fofana bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani yo'q. Bu yaqin orada sodir bo'lishi va transfer yanvar oyida amalga oshishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, aynan "Molde"da Erling Holand ilk bor o'zining gol urish qobiliyatini namoyon etgan.
Fikrlar