Mana shuni Toshkentga olib kelish kerak FOTO
05 may 2018 12:50
Yangiliklar
Mana shuni Toshkentga olib kelish kerak FOTO
Qura davomida barcha ishtirokchi jamoalar guruhdagi raqiblarini bilib olishdi. Malumot uchun, kelasi yilning 5 yanvaridan to 1 fevralga qadar davom etadigan musobaqada tarixda ilk bor 24ta jamoa qatnashadi.
Tadbir davomida Osiyo Kubogi g'olibiga beriladigan yangi kubok ham namoyish etildi. Kubokni mehmonxonaga 1996 yilgi Osiyo chempionatida BAA terma jamoasi safida porlagan sobiq futbolchi Zubayr Baxit olib keldi. Ushbu sovrin Londonda joylashgan mashhur Tomas Layt zargarlik uyi tomonidan yasalgan.
OFK rasmiy saytining yozishicha, kubokni yasash uchun 450 soat vaqt kerak bo'lgan va mazkur sovrin ustida 12 nafar usta ish olib borgan. Kubokning bo'yi 78 sm, eni 42 sm. Og'irligi 15 kg.ni tashkil etadi.
Xullas nima bo'lgan taqdirda ham navbatdagi Osiyo Kubogida jamoalar mana shu sovrin uchun kurash olib borishadi. Qaniydi bizning ham omadimiz kelib yangi sovrinning ilk sohibi sifatida kubokni Toshkentga olib kelsak. Aytishadi-ku, yaxshi niyat - yarim mol.
X.Xoliqov.
Fikrlar