"Man Yunayted" bosh direktori Richard Arnold klubni tark etdi
15 noy 2023 20:35
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" klubi jamoa bosh direktori Richard Arnoldning istefosini elon qildi. Sky News malumotiga ko'ra, Richard Arnoldning ketishiga jamoa akciyalarinining 25% qismini sotib olayotgan Jim Retkliffning klubga kelayotgani sabab bo'lgan.
Malumot uchun, Richard Arnold 2007 yildan beri MYUda faoliyat olib boradi. So'nggi ikki yil u klub bosh direktori lavozimida ishladi.
"Manchester Yunayted" qisqa muddatga Patrik Styuartni bosh direktor etib tayinladi. Klub hozirgi vaqtda uzoq muddatga bosh direktor qidirmoqda.
Fikrlar