"Man Siti" so'nggi lahzalarda Kundeni ilib ketmoqchi edi, ammo francuz "Barselona"ga o'tishni xohladi Yangiliklar

"Man Siti" so'nggi lahzalarda Kundeni ilib ketmoqchi edi, ammo francuz "Barselona"ga o'tishni xohladi

Ushbu mavsumlar oralig'ida Jyul Kunde uchun nafaqat "Barselona" va "CHelsi" kurashishdi.

Balki, "Sevilya" himoyachisini so'nggi lahzalarda "Manchester Siti" ham o'z safiga qo'shib olmoqchi edi.

Ammo, francuz Kataloniya klubiga o'tishga rozilik berdi. Transferning tez orada rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

"Barsa" 23 yoshli Kunde uchun 50+5 mln evro to'laydi. SHartnoma esa 2027 yilga qadar mo'ljallanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика