"Man Siti" "Sevilya" himoyachisi uchun 50 mln evro to'laydi
20 sen 2020 11:55
Yangiliklar


"Man Siti" "Sevilya" himoyachisi uchun 50 mln evro to'laydi
"Manchester Siti" "Sevilya" yarim himoyachisi Jyul Kundeni tarkibga olib kelmoqchi.
"As" xabariga ko'ra, Angliya klubi transfer ishlarini yakunlashga yaqin turibdi. 21 yoshli futbolchining transferi "shaharliklar"ga 50 mln evroga tushadi. Kelajakdagi yutuqlarga qarab, bonuslar ham o'tkazib beriladi.
Aytilishicha, futbolchining tovon puli 80 mln evroga teng. Biroq "Siti" buncha mablag' to'lay olmasligini malum qilgan. Oldinroq Kundega "Real" va "Barselona" tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi.
"Sevilya" 2019 yilning yozida Kundeni 25 mln evro evaziga "Bordo"dan sotib olgandi. Uning klubi bilan shartnomasi 2024 yilga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar