"Man Siti" futbolchisi "Vest Xem"ga o'tishi mumkin
31 iyu 2020 21:35
Yangiliklar
"Man Siti" futbolchisi "Vest Xem"ga o'tishi mumkin
The Sun nashri xabariga ko'ra, "Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz faoliyatini Londonning "Vest Xem Yunayted" klubida davom ettirishi mumkin.
"SHaharliklar" rahbariyati joriy transfer oynasida jamoani tozalashni rejalashtirgan, shu tufayli Stounz ham 20 mln funt evaziga sotib yuborilishi kutilmoqda.
Angliyalik futbolchiga Devid Moyes boshchiligidagi "Vest Xem" asosiy davogar bo'lib turibdi. Stounz Moyes bilan "Everton"da birga ishlagan edi.
Fikrlar