"Man Siti" futbolchisi: "Ronaldu men uchun o'rnak. U futbolni o'zgartirib yubordi"
12 noy 2021 03:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/611786_original.jpg)
![](/upload/storage/611786_220.jpg)
"Man Siti" futbolchisi: "Ronaldu men uchun o'rnak. U futbolni o'zgartirib yubordi"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ferran Torres "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"U men uchun o'rnak olish zarur bo'lgan futbolchi. U ovqatlanish, o'z tanasini nazorat qilish va u haqida qayg'urish borasidagi ishlari bilan futbolni o'zgartirib yubordi.
Bu uzoq davom etadigan jarayon va bugungi mehnat samarasi ertaga ko'zga tashlanadi. Futbol jismoniy tayyorgarlikka bo'lgan talabini kuchaytirgan va biz bunga tayyor bo'lishimiz zarur.
Mening shaxsiy murabbiyim va fizioterapevtim bor. Ular klub bilan doimiy aloqada va menga yordam berib keladi. Ular har kuni, muntazam ravishda men bilan aloqada", – dedi futbolchi Movistar"ga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar