"Man Siti" direktori: "Napoli" bilan muzokara o'tkazmaganmiz"
10 okt 2020 12:45
Yangiliklar


"Man Siti" direktori: "Napoli" bilan muzokara o'tkazmaganmiz"
"Manchester Siti" direktori Omar Berrada "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali transferi borasida bo'lgan mish-mishlar haqida gapirdi.
"Umuman olganda biz muzokara o'tkazmadik. Bu boradagi mish-mishlarni kuzatib borish esa juda qiziqarli bo'ldi.
Kelishuv amalga oshdi, deb yozilgan sarlavhali xabarlarni tabassum bilan o'qidim. Unga ko'ra, biz transferlar oynasi yopilgunga qadar futbolchini tarkibga qo'shib olishimiz yozilgandi.
Tan olish kerak, unday top-futbolchining xizmatiga hamma qiziqish bildirdi. Lekin real olib qaraganda biz Kulibali borasida gaplashmadik", - dedi Berrada.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar