So’nggi yangiliklar

07:25Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2

APL. "Siti"da yirik hisobdagi g'alaba, Maxrezdan xet-trik Yangiliklar

APL. "Siti"da yirik hisobdagi g'alaba, Maxrezdan xet-trik

Angliya chempionati 10-turidan o'rin olgan “Etihad”dagi bahsning matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Manchester Siti" – "Byornli" 5:0

22.00, «Etixad Stedium»

Gol: Maxrez (6, 1:0), Maxrez (22, 2:0), Mendi (41, 3:0), Torres (66, 4:0), Maxrez (69, 5:0).

"Manchester Siti" – Ederson, Mendi, Uoker, Ruben Diash, Stounz, Rodri (Fernandino, 46), Gyundogan, Ferran Torres (Foden, 67), de Bryuyne, Marez, Gabriel Jezus.

"Byornli" – Pikok-Farrell, Louton, Teylor, Tarkovski, Mi, Benson, Vestvud, Maknil, Barns, Vud (Piters, 68), Rodriges.

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Siti"dan yirik hisobdagi g'alaba va Maxrezdan xet-trik!

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

87. Foden qanotdan to'pni markazga oshirmoqchi edi. Tarkovski xavfni bartaraf etdi.

83. Kambag'alni tuyani ustida ham it qopadi deganlaridek, Jey Rodriges yaqin masofadan boshi bilan zarba berib, gol ura olmadi. Aniqrog'i, u to'pga sakray olmadi.

80. Fodenning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

79. Ederon autning yonida to'p oldida paydo bo'lib, bir qancha qadam tashladi va to'pni autga chiqarib yubora oldi.

77. Yo'q! Gol inobatga olinmadi. Qaytamiz, 5:0. VAR avtogoldan qutqarib qoldi.

76. GOOOOOOLLLL!!! Jezusning zarbasidan keyin darvozabon o'z darvozasini ishg'ol qilmoqda. Vaziyat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda. Extimoliy offsayd bo'lishi mumkin.

73. Bensonning zarbasi noaniq ketdi.

69. GOOOOOOOOOOOLLL!!! Maxrez bugun xet-trik qayd etadigan bo'ldi!

66. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Jezusning pasidan keyin Torres ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi va o'rniga Foden maydonga tushdi.

62. ZARBAAAAAA!!! Vestvudning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devordagi futbolchiga tegib, darvoza ustunining yonidan o'tib ketdi. Gol bo'lishi mumkin edi!!!

61. ZARBAAAAAAAA!!! Jey Rodrigesning kuchli zarbasini Ederson qaytardi. Qaytgan to'pni tepishga chog'alanayotgan Maknilni raqiblari yiqitdi. Ajoyib nuqtadan jarima zarbasi!

59. "Siti" yana bir ajoyib hujum tashkil qilayotgandi. Biroq Mi to'pni Jezusdan olib qo'ydi.

56. UXXXX!! Fernandinoning qanotdan oshirgan to'pi Jezusga mo'ljallangandi. Louton to'pni burchakka chiqarib yubordi.

53. MakNeyl uzoq masofadan "Siti" darvozasini nishonga oldi. To'p darvozaning ustki qismidan o'tib ketdi.

48. "Siti"dan ajoyib hujum! Jezusning pasidan keyin Maxrez 18 metrlardan tribunani nishonga oldi.

46. Ikkinchi bo'lim o'zgarish bilan boshlandi. Rodri o'rniga Fernandino maydonga tushdi.

Tanaffus! "Siti"ning katta ustunligi ostida o'tgan taym yakunlandi.

45. Vestvud hujumdagi Vud tomon to'pni uzatgandi. Ederson to'pni ushlab oldi.

41. GOOOOOOOOLLLLL!!! MENDIIIII!!! Assistent vazifasini yana bir bor De Bryuyne bajarmoqda. Kevinning pasini Mendi to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi!

37. "Bernli" nihoyat hujumga o'tgandi. Biroq Barnsning boshi bilan yo'llagan zarbasi Uokerning elkasiga tegdi va hujum bartaraf etildi.

33. "Bernli"ning paslarida braklar ko'p. "Siti" esa "ekonom rejim"ga o'tib oldi.

30. UXXXX!! Pikok-Farrell xato qilishga sal qoldi. Sterling uni taqib qildi. Posbonning tepgan to'pi Rahimning oyog'iga tegib, maydonni tark etdi.

26. GOL! YO'Q!! Jezus boshi bilan bergan zarbasi orqali gol urgandi. Biroq gol nima uchun inobatga olinmaganini tushunmadik. 

25. UXXXXXX!!! Pikokning oldinga chiqib ketganini ko'rgan De Bryuyne uzoq masofadan to'pni darvozaga tushirib qo'ymoqchi bo'ldi. Posbon joyiga qaytib to'pni qaytardi.

22. GOOOOOOOOOOLLLL!!! Uokerning autgan oshirgan to'pidan keyin Maxrez raqiblarini istaganicha aldab, osonlik bilan ikkinchi golini urdi!

19. Uokerning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi. Himoyachilarga hos zarba!

14. Gvardiola shogirdlari doimgidek to'pni ushlab turish bilan ovora.

10. "Siti"dan yana bir hujum. De Bryuynening pasidan keyin Maxrezning boshi bilan bergan zarbasi o'xshamadi.

6. GOOOOOOOOOLLLLL!!! "Siti"dan o'zining uslubidagi gol! De Bryuynening pasidan keyin Maxrez birga bir vaziyatdan unumli foydalandi!

3. "Siti" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Maxrezning havolatib oshirgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar Diego Maradona xotirasiga bir daqiqa davomida qarsak chalib turishdi. Juda yaxshi ko'raman inglizlarning urf-odatini.

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Hurmatli futbol muxlislari! "Etixad"dagi o'yinga etiboringizni tortamiz. Bugun ushbu o'yingohda "Siti" "Byornli"ga qarshi o'ynaydi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика