"Man Siti" bosh direktori: "Biz uchun AQSH Buyuk Britaniyadan ko'ra kattaroq bozor. AQSHda futbolni ko'proq odam tomosha qiladi"
25 fev 2022 13:49
Yangiliklar
"Man Siti" bosh direktori: "Biz uchun AQSH Buyuk Britaniyadan ko'ra kattaroq bozor. AQSHda futbolni ko'proq odam tomosha qiladi"
"Manchester Siti" bosh direktori Amerika bozori Buyuk Britaniyanikidan kattaroq deb hisoblaydi.
"Biz MLS dunyoning eng yaxshi futbol ligalaridan biri bo'lishini xohlaymiz va bu amalga oshishi mumkin.
Biz bazan bugungi kunda haqiqatga aylangan faktlarni unutamiz. Biz va City Football Group uchun AQSH Buyuk Britaniyadan ko'ra kattaroq bozor.
AQSHda futbolni Buyuk Britaniyadan ko'ra ko'proq odam ko'radi. Albatta, tanlov [tomoshabinda] katta, ammo bozor ulkan.
1994 yilda bo'lgani kabi Jahon chempionati [2026 yilgi] tasirni kuchaytiradi", - deydi Ferran Soriano.
City Football Group xoldingiga "Manchester Siti"dan tashqari MLSning "Nyu-York Siti" klubi kiradi.
Fikrlar