“Man Siti” akademiyasidan haydalgan futbolchi o'z joniga qasd qildi
26 okt 2020 21:35
Yangiliklar
“Man Siti” akademiyasidan haydalgan futbolchi o'z joniga qasd qildi
Bu xabarni “shaharliklar” matbuot xizmati tasdiqladi.
Avvalroq, 17 yoshli Jeremi Uisten “Manchester Siti” akademiyasidan haydalgandi. OAV taxminiga ko'ra, Jeremi akademiyadan ketganidan keyin tushkunlikka tushib qolgan.
Uisten Malavida tavallud topgan bo'lib, 2016 yil “Man Siti” U-13 jamoasiga qabul qilingandi. U poziciyasi bo'yicha markaziy himoyachi edi.
"Siti" vafot etgan futbolchining yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Fikrlar