Mamurjon Abdullaev: "Kutilmagan gol jamoamiz ruhiyatiga tasir qildi"
15 apr 2024 22:29
Yangiliklar
Mamurjon Abdullaev: "Kutilmagan gol jamoamiz ruhiyatiga tasir qildi"
O'yin haqida
- Uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Rejalarimiz o'zgarib ketdi. Yaxshi o'ynab turgandik, kutilmagan gol jamoamiz ruhiyatiga tasir ko'rsatdi. Vaziyatlarimiz bo'ldi, foydalana olmadik. Aksincha, "Aral" jamoasi ikkinchi golni ham urib ketdi.
- Vaziyatlardan foydalana olmaslik holatiga qanday izox berasiz?
- Bitta bu o'yindamas, biz avvalgi uchrashuvlarda ham vaziyatlardan foydalanish bo'yicha muammolarga duch kelayapmiz. Mashg'ulotlarda buning ustida jiddiy ishlaymiz.
- Bugun hujum chizig'ida yosh futbolchi Amirbek Komilov o'ynadi. Buning sababi nima?
- Bir qator tajribali futbolchilarimiz jarohat sabab bugungi o'yinni o'tkazib yuborishdi. SHu sababdan hujumda Amirbek Komilovga imkon berdik. Yosh hujumchi yomon o'yin ko'rsatmadi deb o'ylayman.
- "Xorazm" jamoasining kubokdagi maqsadi qanday?
- Kubok uchrashuvlarida imkon qadar uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz. Navbatdagi o'yinlarda g'alaba qozonib, guruhdan chiqishga harakat qilamiz
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar