So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  2 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

Mamur Saidqosimov: Hakamlarning malakasi muntazam ravishda oshirib boriladi Yangiliklar

Mamur Saidqosimov: Hakamlarning malakasi muntazam ravishda oshirib boriladi

O'FF Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimovning intervyusi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan yurtimizda hakamlik sifatini oshirish, Superliga, Pro-liga hakamlari, shuningdek,  yosh hakamlar bilan ishlashni yo'lga qo'yish, muntazam ravishda ularning malakasini oshirib borish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday chora-tadbirlar haqida O'FF Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

 “2017 yilning noyabr oyi holatiga ko'ra O'zbekiston Futbol Federaciyasida bosh hakamlar soni 8 nafarni tashkil etayotgan edi.

Noyabr va dekabr oyining yarimiga kelib yosh hakamlar va tajribaga ega bo'lgan hakamlarni attestaciyadan o'tkazilgandan so'ng hozirgi kunda bosh hakamlar soni 25 nafarga etkazilmoqda.

Bundan tashqari, O'FF Kubogi uchun 12-17 dekabda o'tkazilgan uchrashuvlar davomida yosh hakamlar ko'rikdan o'tkazildi hamda hozirgi kundagi yuqori salohiyatli hakamlar tanlab olindi. Bular – Firdavs Norsafarov (Qarshi), Olim To'ychiboev (Farg'ona), Asker Nadjafaliev, Jasur Muxtorov, Akobirxo'ja SHukrullaev (Toshkent)”.

 Yosh hakamlarimiz soni ko'paytiriladi


2018 yildan boshlab yosh hakamlarimiz soni ko'paytiriladi. Bu borada O'FF Futbol Federaciyasi prezidenti tomonidan vazifa belgilangan.

SHuningdek, Futbol federaciyasining Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan 13 dekabr kuni nazoratchilar bilan majlis o'tkazildi. Ushbu majlisda endilikda hakamlar kabi nazoratchilarning ham javobgarligi oshirilishi, nazoratchilar hakamlarning malakasini oshirib borishga masul ekanliklari aytib o'tildi.

SHuningdek Federaciya prezidenti tomonidan yangi mavsumda barcha hakamlar bir xil forma va ekipirovkada bo'lishlari, har bir hakamlar brigadasi o'yin davomida foydalanish uchun aloqa vositasi  - “Communication system” bo'lishi, maydonda jarimalar belgilanganda 9.15 metrni nazorat qilish spreylari va har bir inspektorga noutbuklar xarid qilinib, hakamlik va inspektorlikni jaxon standartlari asosida amalga oshirilishi to'g'risida ko'rsatma berildi”.



 Hakamlarimiz xalqaro seminarlarda qatnashyapti


 “O'zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro seminarlarda ishtirok etmoqda. Jumladan, shu yilning 25-30 noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida OFK tomonidan hakamlar uchun seminar tashkillashtirilgan bo'lib, u erda o'zbekistonlik hakamlar Asimov Aziz, Qosimov SHerzod, SHodmonov Husniddin, Serazetdinov Ruslan, Gaynullin Timur, Capenko Andrey, Usmonov Alisher, Mirabidova Edita, Sidorova Anna, Rahmatova Zilola va Sereda Kristina qatnashishdi.

SHuningdek, FIFA referesi Ravshan Ermatov kelasi yilning 5-9 fevral kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida Rossiya Federaciyasida o'tkaziladigan Jahon chempionatida ishlashga nomzod bo'lgan hakamlar ishtirokidagi seminarga taklif etildi”.

 O'zbekistonlik hakamlar xalqaro uchrashuvlarni boshqarishmoqda


“O'zbekistonlik hakamlarga FIFA va OFK tomonidan katta ishonch bildirilib, ular bir qator xalqaro musobaqalardagi uchrashuvlarga tayinlanmoqda. Masalan, Ravshan Ermatov BAAda bo'lib o'tgan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. SHuningdek, 6-16 dekabr kunlari SHarqiy Osiyo futbol federaciyasi (EAFF) tomonidan o'tkazilgan terma jamoalar ishtirokidagi musobaqada Valentin Kovalenko bosh hakam, Ruslan Serazitdinov esa yordamchi hakam sifatida ishladi. Ushbu musobaqaning ayollar jamoalari o'rtasidagi bahslarida vakillarimiz Edita Mirobidova bosh hakam, Zilola Rahmatova esa yordamchi hakam sifatida faoliyat yuritdi.

Yana bir hakamimiz Aziz Asimov 22 dekabrdan 5 yanvargacha Kuveytda o'tkaziladigan GOLF Cup musobaqasida bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotlarda Temur Gaynullin va Andrey Capenkolar yordam berishadi.

Bundan tashqari, 2018 yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda o'tkaziladigan 23 yoshgacha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida quyidagi hakamlarimiz ish olib boradilar: Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov.

Hamyurtimiz FIFA instruktori Farhod Abdullaev ushbu musobaqaga hakamlar yo'riqchisi sifatida taklif etilganini ham alohida takidlash zarur”.

Hakamlarni attestaciyadan o'tkazish jarayoni

“O'zbekiston Futbol Federaciyasi xodimlar malakasini oshirish, o'z kasbining mutaxassisi bo'lgan insonlar federaciya tarkibida ishlashini taminlash maqsadida, o'zbekistondagi murabbiylar, hakamlar va viloyat futbol federaciyalari xodimlarini attestaciyadan o'tkazilishi belgilangandi.

SHunga ko'ra, 6-7 dekabr kunlari Toshkent shahrida 25 nafar yosh xakamlarni attestaciyadan o'tkazildi. Attestaciya jarayonida hakamlar jismoniy tayyorgarlik bo'yicha imtihon topshirdilar, futbol o'yin qoidalari bo'yicha sinov testlari va video materiallardan tayyorlangan testlardan o'tdilar.

SHuningdek, 15-16 dekabr 2017 yil kunlari Toshkent shahrida Oliy va Birinchi liga bosh hakamlari, Oliy liga yordamchi hakamlar attestaciyadan o'tkazildi. Natijalarga ko'ra jismoniy tayyorgarlik bo'yicha 2 nafar bosh hakam (Superliga va Pro-liga) Vadim Agishev va Igor Garmashov , yon hakamlar Anvar Marajabov va Abdurahmon Qo'ldoshev attestaciyadan o'tolmadilar. Ularga qayta attestaciya o'tish uchun fevral oyigacha muhlat berildi.  

Bundan tashqari,  2018 yilning  10 yanvaridan 20 fevraligacha bo'lgan davrda qolgan barcha hakamlar va hakamlar inspektorlari attestaciyadan o'tkaziladi.

Attestaciyada hakamlar nazoratchilari  futbol o'yin qoidalari bo'yicha imtihonlar va videomateriallardan tayyorlangan testlar topshiradilar.

10-20 fevral kunlari esahakamlar uchun xorijiy o'quv mashg'ulot yig'ini tashkillashtirilishi rejalashtirilmoqda”, - deydi Mamur Saidqosimov.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика