So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  0 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Mamur Ikromov: “Jarima maydoni tashqarisida to'pni ushlashga majbur bo'ldim" Yangiliklar

Mamur Ikromov: “Jarima maydoni tashqarisida to'pni ushlashga majbur bo'ldim"

Olyi liganing 11-turida safarda “Buxoro” bilan kuch sinashgan “Lokomotiv” qiyin g'alabaga erishdi.

Aytish lozimki, uchrashuvning 85-daqiqasida darvozabon Mamur Ikromov hakam tomonidan maydondan chetlatildi. Bunga oydinlik kiritish maqsadida tajribali darvozabon bilan suhbatlashdik. 

- Mamur aka, “Buxoro”ga qarshi bahsning ikkinchi taymida qizil kartochka olib maydonni erta tark etishga majbur bo'ldingiz. Bu vaziyatga o'zingiz izoh berib o'tsangiz degandik. 

- Mayli. O'sha vaziyatda o'z postimni tashlab chiqib ketgandim. Bilasiz darvozabonlarga ham jarima maydoni tashqarisida qo'l bilan o'ynash mumkin emas. Men esa shunday vaziyatga tushib qoldim va to'pni ushlab qolishga majbur edim. Tabiiyki hakam maydonni tark etishimni so'rab, qizil kartochka ko'rsatdi. Bunga ortiqcha etiroz bo'lishi mumkin emas. Yaxshihamki, shu kuni safardan uch ochko bilan qaytdik. 

- Darvozangiz tomon belgilangan penalti borasida nima deysiz?

- Bu vaziyatda hakam himoyachi Nemanya Yanichichni jarima maydoni ichida o'yin qoidasini buzdi deb topdi. 11 metrlik bermasa ham bo'lardi. CHunki vaziyat 50ga50 edi. Penalti tepilayotganida to'p yo'nalishini topgan bo'lsamda, uni qaytarib yubora olmadim. Biroz uzoq burchakka yo'naltirgani bois, qo'lim etmadi. 

- Umuman o'yin haqida fikringiz qanday?

- O'zingizga yaxshi malumki, bu yil “Lokomotiv” chempionlik uchun kurashmoqda. Buning uchun goh uyda, goh safarda bo'lsin faqat g'alaba qozonish talab etiladi. Buxoroga ham tabiiyki uch ochkoni qo'lga kiritish maqsadida borgandik. O'yin avvaliga biz uchun omadli boshlandi. 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandik. So'ng himoyada o'zmizning xatoimiz evaziga ikkita gol o'tkazib yuborib, hisobni tenglashishiga yo'l qo'ydik. SHu tariqa tanaffusga durang bilan chiqib ketdik. Ikkinchi taymda asosiy etiborni hujumga qaratgan xolda, faqat g'alaba uchun xarakat qildik. O'yin tizginini o'z qo'limizga oldik. Mezbonlar asosan qarshi hujum taktikasida xarakat qildi. Ularni aftidan durang ham qoniqtirardi. Menga shunday tuyuldi. Uchinchi gol kiritilishida ozmi-ko'pmi hissa qo'shdim. Yani to'pni oldinda turgan jamoadoshim Jasur Hasanovga oshirganimdan keyin u raqiblaridan qochib ketgan xolda, darvozani ishg'ol etdi. 

- “Buxoro”dan qanday o'yin kutgandinglar?

- Ularning shunday o'ynashini kutgandim. CHunki jamoa autsayder bo'lib yuribdi. Orqaga yo'l yo'q edi. Ochko olish uchun astoydil xarakat qildi. Mag'lub bo'lgan taqdirda ham ular “Lokomotiv”ga yutqazdi deb muxlislar buni to'g'ri qabul qilishini bildi va ochiq o'yin ko'rsatdi. 

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика