Mamur Ikromov "Lokomotiv" bilan shartnomasini uzaytirdi
05 jan 2016 10:15
Yangiliklar
Mamur Ikromov "Lokomotiv" bilan shartnomasini uzaytirdi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi posboni Mamur Ikromov faoliyatini shu klubda davom ettiradigan bo'ldi.
"Temiryo'lchilar" 3 yanvar kuni Toshkentda ikkinchi yig'inni boshlashdi. Bu haqda "Futbol Ekspress" gazetasi xabar bermoqda. Jamoa mashg'ulotlarida Sadriddin Abdullaev, Oybek Qilichev, Murod Xolmuhammedov kabi futbolchilar ham ishtirok etishmoqda.
Darvoqe, kuni kecha darvozabon Mamur Ikromov klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Rejaga ko'ra jamoa 9 yanvar kuni xorij yig'inini o'tkazish uchun Dubayga jo'nab ketadilar. Bu yig'in 23 yanvarga qadar davom etishi ko'zda tutilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar