So’nggi yangiliklar

19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  1 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   8 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  8 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  7 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3

Mamazulunov "Navbahor"da qoladi Yangiliklar

Mamazulunov "Navbahor"da qoladi

Ertaga jamoamizning Toshkentda tashkil etilgan dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'ini yakuniga etadi.
Yig'in so'nggida futbolchilarimiz Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Bellashuv soat 11.00da boshlanadi. So'nggi paytlarda muxlislarimiz tarkibga yangi o'yinchilarni qo'shilmayotganligidan norozi bo'lishmoqda. Barchaga malumki, o'tgan yilgi tarkib o'zagi saqlab qolingan. Aynan shu sababli jamoaga oldingi yillarga qaraganda kamroq futbolchi keldi. Hozirda klub rahbariyati va murabbiylar shtabi ayrim poziciyalarni kuchaytirish borasida zarur bo'lgan futbolchilarni qidirishmoqda. Bu borada asosiy urg'u xorijiy futbolchilarga qaratilayotganini inobatga olish lozim. Yani, selekciya ishlari bir zumga bo'lsada to'xtatilganicha yo'q. Agarda jamoa o'yiniga mos tushadigan, legioner talabiga javob beradigan futbolchilar topilsa, ular jamoa safiga qo'shilishadi.

Mavsumlar oralig'idia jamoamizga jalb etilgan Mo'ydin Mamazulumov "Navbahor"da qoladigan bo'ldi. Jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov tajribali futbolchi bilan kelishuvga erishilganligini malum qildi.

Ertaga bo'lib o'tadigan o'yindan so'ng futbolchilarimizga bir necha kunlik tatil elon qilinadi. Navbatdagi yig'in ham Toshkentda bo'lib o'tadi. Ushbu mashg'ulotlar 3 fevraldan boshlanadi. Poytaxtdagi navbatdagi yig'in chog'ida "Navbahlor" PFL kubogida qatnashadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика