Mamatkazin bilan Olimjonov “Andijon”ni tark etdi
24 sen 2014 10:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/145551_original.jpg)
![](/upload/storage/145551_220.jpg)
Mamatkazin bilan Olimjonov “Andijon”ni tark etdi
Saytimiz orqali kecha xabar berganimizdek, “Andijon”da bosh murabbiy o'zgarish arafasida.
Bungacha jamoa boshqaruv postida ishlab kelgan Orif Mamatkazin istefoga chiqarildi. SHuningdek darvozabonlar murabbiyi Qobiljon Olimjonov ham klub bilan xayrlashdi. Kutilganidek kecha Andijonga taniqli murabbiy Edgar Gess tashrif buyurdi va klub rahbarlari bilan muzokara o'tkazmoqda.
Undan tashqari “burgutlar” uchun begona bo'lmagan Oleg Tyulkin va Vitaliy Legay ham yaqin orada “Andijon” murabbiylar shtabida ish boshlash arafasida turibdi. Katta extimol bilan jamoani juma kuni “Navbahor”ga qarshi kechadigan bahsga Gess olib tushadi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar