
Bungacha jamoa boshqaruv postida ishlab kelgan Orif Mamatkazin iste'foga chiqarildi. Shuningdek darvozabonlar murabbiyi Qobiljon Olimjonov ham klub bilan xayrlashdi. Kutilganidek kecha Andijonga taniqli murabbiy Edgar Gess tashrif buyurdi va klub rahbarlari bilan muzokara o'tkazmoqda.
Undan tashqari “burgutlar” uchun begona bo'lmagan Oleg Tyulkin va Vitaliy Legay ham yaqin orada “Andijon” murabbiylar shtabida ish boshlash arafasida turibdi. Katta extimol bilan jamoani juma kuni “Navbahor”ga qarshi kechadigan bahsga Gess olib tushadi.