So’nggi yangiliklar

22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  5 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  2 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  0 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  13 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  3 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0 18:38Расмий хабар: Шоҳрух Гадоев иккинчи даврани "Қўқон-1912"да ўтказади  0 18:09Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  5 17:30Расман: "Қўқон-1912" 4 нафар футболчи билан хайрлашди  0 17:09Расман: "Сурхон" собиқ футболчиси "Қизилқум" билан шартнома имзолади  0

Mamadaliev, Boymatov, Najafaliev va bir qator yoshlar “Andijon” ko'rigida Yangiliklar

Mamadaliev, Boymatov, Najafaliev va bir qator yoshlar “Andijon” ko'rigida

Andijonliklar 4 yanvardan boshlab, o'z qarorgida yig'ildi va tayyorgarlikni boshladi.

Otabek G'ulomxo'jaev boshqaruvidagi jamoa dastlabki kunni "Bobur Arena" (sobiq “Sog'lom avlod”) stadionida bir mahallik mashg'ulot bilan o'tkazdi.

Mazkur yig'inga murabbiylar 40ga yaqin futbolchini jalb qilganini aytish mumkin. Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, “Burgutlar”ning dastlabki o'quv-yig'iniga taniqli nomlardan Sunnatilla Mamadaliev va Eldor Boymatov taklif etilgan. Muxlislarga yaxshi malumki, ushbu markaziy yarim himoyachilar o'tgan mavsumni PRO-Ligada Toshkentning “Oq-Tepa” jamoasida o'tkazishgandi. Bundan tashqari har ikki futbolchini ham 2018 yili PRO-Ligada “Andijon” sharafini himoya qilganini eslatish joiz. 2017 yili “Andijon” jamoasida PRO-Ligada o'ynagan yana bir himoyachi Kemran Najafaliev ham “Andijon” ko'rigida bo'lib turibdi. 21 yoshli futbolchi o'tgan mavsum birinchi ligada Toshkentning “Rubin” jamoasida o'ynagandi. SHu o'rinda malumot uchun Kemran Najafaliev nazoratchi hakam Sardor Najafalievning kenja o'g'lidir.

Ulardan tashqari Toshkentning “Bunyodkor” jamoasidan ikki nafar iqtidorli posbonlar – Javohir Qilichev va Jahongir Umurzoqovni taklif etilganini ko'rish mumkin.

SHuningdek ilgari “Andijon” yoshlar jamoasida o'ynagan Ahror O'ktamov, Jahongir Mahsudov, sobiq “O'zDongJu” jamoasida faoliyat yuritgan Abdurahmon Komilov va Davron Farhodov. “Andijon-2” jamoasidan Anvar Nazirov, Asliddin Abdumuxtorov, Dilmurod Abduqahhorov shular jumlasidan.

2020 yilgi mavsumda “Andijon” libosida xarakat qilganlardan Usmonali Ismonaliev, Baxtiyor Qosimov, Rustam Qo'chqorov, Jamshid Xomidov, Doniyor Abdumannopov, Farhod Sohibjonov, Muhammadali Tursunov singari futbolchilar tarkibda saqlab qolingan.

Hujumchi SHahboz Jumaboev jarohati borligi sababli hozircha mashg'ulotlarda ishtirok eta olmayapti.

Murabbiylar shuningdek viloyatdagi iqtidorli yosh futbolchilarni ham ko'rikka taklif etgan. Ularni sinov-nazorat o'yinlari orqali saralab borish rejalashtirilgan.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика