“Malaga” Yakovenkoni ijaraga olmoqchi
31 jan 2014 10:50
Yangiliklar


“Malaga” Yakovenkoni ijaraga olmoqchi
“Fiorentina” klubi yarim himoyachisi Aleksandr Yakovenko ijara asosida “Malaga”ga o'tishga yaqin turibdi.
Ispaniyaliklar 26 yoshli futbolchini mavsum so'ngigacha faqatgina ijaraga olishmoqchi xolos, uning to'liq huquqini sotib olishmaydi.
Tomonlar o'yinchining transferi bo'yicha kelishuvga erishishgan, deb xabar beradi AS.
O'tgan mavsumda Yakovenko “A” Seriyasida faqatgina uchta o'yinda maydonga tushgan.

Fikrlar