Maksimilian Fomin "Neftchi"ga o'tmoqda
04 jan 2014 18:23
Yangiliklar

Maksimilian Fomin "Neftchi"ga o'tmoqda
"Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisiga "Neftchi" jiddiy qiziqmoqda.
CHunki yaqindagina bosh murabbiy lavozimida ish boshlagan Murod Ismoilov uning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Aftidan Fomin va Ismoilovga bu yil ham birga ishlash nasib etadigan ko'rinadi.
21 yoshli himoyachi ayni paytda U-22 olimpiya terma jamoamiz bilan Ummonda o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Futbolchi aynan ushbu turnirdan so'ng Murod Ismoilov jamoasiga o'tishi kutilmoqda. Osiyo chempionatining 11 yanvardan to 26 yanvarga qadar davom etishini inobatga oladigan bo'lsak, Fomin katta extimol bilan "Neftchi"ning fevral oyidagi yig'iniga borib qo'shiladi.

Fikrlar