So’nggi yangiliklar

09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  2 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  6 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  11 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  2 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  19 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  2

Maksim SHackix va Abdulla Abdullaev "Al Ayn"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi? Yangiliklar

Maksim SHackix va Abdulla Abdullaev "Al Ayn"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi?

Osiyo Elit CHempionlar ligasi 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ayn" bahsi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.

"Ertaga kim bilan o'ynashimizni bilamiz. OCHLning amaldagi g'olibi. CHempionlar ligasini tasofidan yutib bo'lmaydi. Ligada bir marotaba tasodifan chempion bo'lish mumkin, ammo CHempionlar ligasida tasodifiy g'alabalar bo'lmaydi. "Al Ayn" musobaqa jadvalida bizdan pastroq o'rinni egallab turibdi, ammo bunga etibor qaratish kerak emas. Kimga qarshi o'ynashimizni yaxshi bilamiz. Raqibimizga yaxshi jang taklif qilamiz, natija qanday bo'lishini esa ertaga bilib olamiz", - dedi Maksim SHackix ertangi bahs haqida.


"Al Ayn"ga qarshi o'yin kelajagimizni aniqlab beradi. Ertaga faqatgina g'alaba va muxlislarni xursand qilish uchun maydonga tushamiz", - dedi Abdulla Abdullaev.

- "Al Ayn" jamoasi bilan o'tgan mavsum ham to'qnash kelgan edingizlar. Toshkentdagi mag'lubiyat va safarda g'alabayu. BAA jamoasining tarkibi deyarli o'zgarmadi, faqatgina murabbiylar o'zgardi. "Paxtakor" esa katta o'zgarishlarga qo'l urdi. O'tgan yilgi bahslardan xulosa qilish qanchalik to'g'ri?

- O'tgan mavsumdagi o'yinlarni eslaymiz. Biroq bunga juda katta etibor berish noto'g'ri. Oradan bir yil vaqt o'tdi. Raqib tarkibi o'zgarmadi. Biz esa tarkibni yoshartirdik. "Al Ayn"ning joriy mavsum Elit ligada o'tkazgan o'yinlarini o'rganib chiqdik. Ertangi uchrashuv ikki jamoa uchun ham pley-off bosqichiga yo'l olish uchun so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin. Bahorda ham CHempionlar ligasida ishtirok etishni istasak, ertaga yaxshi kurashishimiz kerak.

- O'ta omadsiz mavsumdan so'ng xalqaro maydondagi raqiblarga tayyorgarlik ko'rish qanchalik qiyin bo'lmoqda? Hech narsasi qovushmayotgan jamoani kuchli raqibga tayyorlay oldingizmi?

- Futbolchilarni bunday o'yinga tayyorlash yoki motivaciya berishning hojati yo'q. Bu Elit CHempionlar ligasi. Ortiqcha izohning keragi yo'q. O'yinning ahamiyatini butun jamoa anglab turibdi. Barchasi o'zimizga bog'liq. Elit CHempionlar ligasida ishtirok etishga munosib jamoa ekanligimizni isbotlashimiz kerak.

Abdulla Abdullaevga savol

- "Al Ayn" bilan bir necha marotaba to'qnash kelgansiz. Ushbu jamoa hujumchilari qanchalik xavfli ekanligini sizdan yaxshiroq biladigan futbolchi bo'lmasa kerak. Sofyan Rahimi va Laba Kojolarga qarshi qanday qarshilik ko'rsatish bo'yicha jamoadoshlaringizga va ayniqsa himoyachilarga ertangi o'yin oldidan qandaydir maslahat berdingizmi?

- Ushbu jamoaga qarshi bir nechta marotaba o'ynaganman. Barcha jamoadoshlarim "Al Ayn" qanday hujum chizig'iga ega ekanligini tushunib turibdi. "Al Ayn" shu kungacha to'qnash kelgan jamoalarimiz ichida eng kuchli hujumchilarga ega. Biz esa o'zimizning kuchli jihatlarimizga ko'proq etibor qaratmoqchimiz. Har bir jamoa raqibning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda futbol o'ynaydi. Biz yaxshi qarshilik ko'rsatsak, raqib hech narsa qila olmaydi. Biz ko'proq o'zimizning o'yinimiz haqida o'ylayapmiz.

Abdulla Abdullaevga savol

- Abdulla siz "Horfakkan" safida BAA chempionati o'ynagansiz. "Al Ayn" jamoasi haqida nimalar deya olasiz. SHuningdek, bugun BAA milliy kuni nishonlanmoqda. Amirliklarga qanday tilaklar bildirasiz?

- "Horfakkan"da meni juda iliq kutib olishgan edi. Ulardan minnatdorman. Milliy kuningiz bilan ham barchani tabriklayman. Ertaga kuchliroq jamoa g'olib bo'lsin. Barchasi maydonda barchasi aniq bo'ladi.

- Ertangi uchrashuv oldidan "Paxtakor"da yana qanday ustunlik bo'lishi mumkin? Masalan, maydon holati yoki sovuq ob-havo jamoangizga qo'shimcha yordam berishi mumkinmi?

- Maydon holatidan xursand emasman, albatta. Yuqori ishtiyoq va kurashuvchanlik. Maksimal darajadagi koncentraciya. Ushbu jihatlar ertangi o'yinda ijobiy natija qayd etishga imkoniyat yaratib berishi mumkin.



Pakhtakor Tashkent

Otabek Jurakuziev - 6'

AFC Champions League Elite West . 6-tur

03/12/2024, 19:00

1
:
1
Tugadi

Al-Ain

Soufiane Rahimi - 49'

45'
90'
6'  Otabek Jurakuziev
34'  Abdurauf Buriev
73'  Otabek Jurakuziev (Ulugbek Khoshimov)
87'  Umar Adkhamzoda (Mukhammadali Urinboev)
89'  Shahzod Azmiddinov
89'  Makhmud Makhamadzhonov
90'  Abdulla Abdullaev
30'  Mohammed Al Baloushi (Matias Segovia)
49'  Soufiane Rahimi
49'  Matias Segovia
55'  Yahia Nader
59'  Kaku (Matias Palacios)
80'  Yong-Woo Park
90'  Matias Segovia (Sekou Baba)
90'  Fabio Cardoso (Khalid Hashemi)

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика