So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  4 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  60 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Maksim SHackix: "Ukraina terma jamoasi hozirgi tarkib bilan Evroda uzoqqa borishiga ishonchim komil. Ukrainadan tashqari, Angliya terma jamoasiga muxlislik qilaman" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Ukraina terma jamoasi hozirgi tarkib bilan Evroda uzoqqa borishiga ishonchim komil. Ukrainadan tashqari, Angliya terma jamoasiga muxlislik qilaman"

"Paxtakor" bosh murabbiyi va Ukraina chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purar Maksim SHackix Ukraina terma jamoasining Evrodagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

- Ukraina terma jamoasining Evropa chempionatidagi dastlabki raqibi Ruminiya terma jamoasi . Ruminiyaga qarshi kechadigan uchrashuv haqida nimalar deya olasiz?

- Ruminiya terma jamoasi haqida ko'p malumotga ega emasman. Ukrainaga keladigan bo'lsak, biz birinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynaymiz. Ukraina terma jamoasi uch ochkoni qo'lga kiritishiga ishonaman.

- Ukraina terma jamoasining guruhi haqida nimalar deya olasiz? Belgiya, Slovakiya va Ruminiya kabi terma jamoalar qanchalik kuchli?

- Evroda kuchsiz terma jamoalar bo'lmaydi. Guruhdagi barcha jamoalarning imkoniyatlarini 50/50. Ukraina terma jamoasi hozirgi tarkibi bilan guruhdan chiqishi kerak. Ukraina terma jamoasi kuchsiz emas. Mening fikrimcha Ukraina guruh bosqichini ancha ishonchli va xotirjam tarzda yakunlaydi.

- Ukraina terma jamoasida SHevchenko, Rebrov, Timoshuk va Lujniylarning avlodidan keyingi ikkinchi "oltin" avlod shakillandi degan fikrlar ko'p yangramoqda. Hozirgi tarkib qanchalik kuchli?

- Ha. Hozirgi tarkib ancha kuchli. Jamoaviy o'yin bo'yicha va individual mahorat bo'yicha ham juda kuchli terma jamoa. Sergey Rebrov jamoasi ancha zamonaviy futbol o'ynamoqda. Ukraina terma jamoasi uzoqqa borishiga ishonchim komil. Birinchi vazifa guruhdan chiqish. Pley-offda esa har narsa ro'y berishi mumkin.

- Ukrainlar guruhdan chiqishiga ko'pchilik ishonmoqda. pley-offning qaysi bosqichi bu terma jamoa uchun omadli ishtirok deya qaraladi?

- Guruhdan chiqishning o'zi katta yutuq degan bo'lardim. Evroda kuchsiz jamoalar bo'lmaydi. Pley-off bosqichida har bir uchrashuv finalga teng bo'ladi. Aniq bir javob bera olmayman. Musobaqa davomida ko'ramiz va bilib olamiz.



- Ukraina terma jamoasining asosiy tarkibdagi ko'pgina futbolchilar top-5 chempionatlarda to'p tepishadi. Ushbu qita birinchiligidan so'ng tarkibdagi qaysi futbolchilarni Evropaning kuchli jamoalarida ko'rishimiz mumkin?

- Tarkibdagi har bir futbolchi o'zini yaxshi tomonlama namoyish etsa, mashhur klublar safiga qo'shilishi mumkin. Iqtidorli futbolchilar ko'p. Evropa chempionatini butun dunyo skautlari sinchkovlik bilan kuzatishadi. Rebrov jamoasida esa yaxshi futbolchilar talaygina.

- Evropa chempionatida Ukrainadan tashqari yana qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- Har doimgidek Angliyaga muxlislik qilaman. Angliya namoyish etayotgan futbolga savollar ko'p. Lekin ular ancha vaqtdan beri hech nima yutishmadi. Bunday top terma jamoa ushbu vaziyatni to'g'irlashi kerak.

- Qaysi terma jamoa yakunda bosh sovrinni qo'lga kiritadi?

- Kim chempion bo'lishini hech kim bilmaydi. Evro syurprizlarga boy turnir. Greciya va Daniya terma jamoalari qayd etgan sensacion natijalar barchaning yodida bo'lsa kerak. Ushbu musobaqada ham kutilmagan natijalar bo'lishi aniq.




Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика