So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Maksim SHackix: "Terma jamoadan taklif bo'lishini kutyapman" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Terma jamoadan taklif bo'lishini kutyapman"

Teglar :  Maksim SHackix
Xabar berganimizdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi hamda sardori Maksim SHackix UEFA diplomi - “A” toifasiga mansub murabbiylik licenziyasini qo'lga kiritdi.

37 yoshni qarshilagan hamyurtimiz ayni paytda futbolchilik faoliyatini Ukrainaning “Rux” havaskorlar jamoasida davom ettirmoqda. Undan avval esa “Goverla” klubi sharafini himoya qilgan edi. Ujgorod klubidagi moliyaviy qiyinchilik sabab SHackix jamoani tark etishga majbur bo'lgandi. Bu orada esa u vatqdan unumli foydalanish maqsadida murabbiylik kursida tahsil olib, tegishli licenziyaga ega bo'ldi. Malumot o'rnida aytib o'tamiz, Maksim SHackix O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 60ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 34 marotaba ishg'ol qilgan. Terma jamoadagi faoliyatini esa o'tgan yili yakunlagan edi. Ummonga qarshi Toshkentga o'tkazilgan o'yin Super Maks uchun milliy terma jamoa libosidagi so'nggi uchrashuv bo'lib tarixga kirgandi. Biz SHackix bilan bog'lanib, undan qisqacha intervyu oldik.

- Maksim, avvalo sizni murabbiylikning “A” toifali guvohnomasini qo'lga kiritganingiz bilan tabriklaymiz. O'quv kursidan olgan taassurotlaringiz qanday bo'ldi?
- Tabrik uchun rahmat. O'quv kurslari yuqori saviyada tashkil etildi. Bilasizmi, murabbiylik umuman boshqa olam ekan. Men o'ylagan va tasavvur qilgandan ham murakkab soha ekanligini tushunib etyapman. O'quv kursi jarayonida nazariy mashg'ulotlardan tashqari amaliyot ham o'tadik. Bir so'z bilan aytganda, hammasi super bo'ldi. Terma jamoa murabbiylar shtabiga taklif bo'lishini kutyapman (kuladi).


- Umid qilamiz, bu taklif tez orada bo'ladi. Har holda juda katta tajribaga ega futbolchisiz. Faoliyatingiz davomida mashhur murabbiylar qo'l ostida o'ynadingiz. Bu borada birgina marhum Valeriy Lobanovskiyni eslash kifoya bo'lsa kerak. Endi aytingchi, ushbu murabbiylik kurslarida taniqli futbolchilardan yana kimlar ishtirok etdi?
- SHevchuk, Srna kabi taniqli futbolchilar bilan birgalikda murabbiylikning ilk saboqlarini oldik. Aksariyat ishtirokchilar murabbiylar edi. Mashg'ulotlarni tajribali UEFA va FIFA instruktorlari olib borishdi.

- Maksim SHackix futbolchilik faoliyatini yakunladi va endi murabbiylik qilishni boshlaydi, desak bo'ladimi yoki hali butsalarni mixga ilishga shoshilmayapsizmi?
- Yo'q. Hali bir-ikki yil futbol o'ynamoqchiman. Faoliyatimni yakunlash haqida o'ylamayapman.

- “Rux” klubidagi ishlaringiz qanday ketyapti?
- Hammasi joyida.

- “Goverla”dan pullaringizni oldingizmi?
- Afsuski, hozircha olmadik. Lekin bu bo'yicha ish ketyapti. Qolgan futbolchilar ham harakatlarni boshlab yuborishgan. “Goverla” rahbariyati esa hamon qarzdorlikni uzish haqida o'ylamayapti. Darvoqe, milliy terma jamoamizning kelasi hafta KXDR va Yamanga qarshi o'tkaziladigan JCH-2018 saralash uchrashuvlarida zafar yor bo'lishini tilab qolaman. Yigitlarga omad!

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика