Maksim Shackix Superkubok finali oldidan nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)
26 may 20:30
Yangiliklar


Maksim Shackix Superkubok finali oldidan nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)
Unda "Andijon" va "Nasaf" jamoalari to'qnash keladi. Mazkur bellashuv oldidan "burgutlar" ustozi Maksim Shackix va futbolchi Doniyor Abdumannopov fikrlarini bildirdi.
"Finallar har doim qiziq bo'ladi. Muxlislar yaxshi atmosfera yarata olishiga ishonaman. Finallar har doim qiziqarli kechadi. Ertaga intenstiv va tomoshabop futbol namoyish etishga intilamiz. G'alaba qozonib, "Andijon" tarixida o'z nomnini qoldirishni maqsad qilganmi" - deya fikr bildirdi Maksim Shackix ertangi final oldidan.
"Jamoada kayfiyat alo darajada va barcha ertangi uchrashuvga tayyor. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashiga ham umid qilamiz" - Abdumannopov
- Superkubok finalidagi uchinchi ishtirokingiz bo'ladi. Bunga qadar ikki marotaba "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida "Nasaf"ga imkoniyatni boy bergan edingiz. Uchinchi imkoniyatda Superkubokni qo'lga kiritish siz uchun qanchalik ahamiyatga ega?
- Bu statistika menga qo'shimcha motivaciya bermaydi. Futbolchilar uchun esa, albatta. Ikki marotaba Superkubok finalida yutqazdim deb o'ylab o'tirmayman. O'tgan finallar tarixga aylanib ulgurdi. Biz o'z o'yinmizni namoyish etishimiz kerak bo'ladi. Maydonga kurashish uchun chiqishimiz aniq. Barchasini o'yin jarayonida bilib olamiz.
- Jamoaga kelganingizdan beri nimalar o'zgardi deb o'ylaysiz? Qaysi jabhalardan ko'nglingiz to'lmoqda va kamchiliklar haqida aytib o'tsangiz...
- Biz ikkita o'yin o'tkazdik. Dastlabki o'yinda "Sho'rtan"ga mag'lub bo'ldik. "Surxon"ga qarshi o'yinda esa g'alaba qozona oldik va omadsiz seriyani nihoyat yakunlay oldik. Hozir yaxshi kayfiyatda final bahsiga etib keldik. Ertaga stadionga kelgan ishqibozlar jamoalar namoyish etgan o'yindan ko'ngli to'ladi deb o'ylayman.
- O'tgan yili Superkubokni penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan edingiz. Bu safar penaltilarga tayyorgarlik ko'rasizlarmi?
- Bugun penaltilarni mashq qilamiz. Mening fikrimcha, penaltilarni yaxshiroq ijro etib bo'lmaydi. Bugun, mashg'ulot so'ngida ilk marotaba mashq qilib ko'ramiz. "Lotereya"ga qadar etib bormasdan o'yin natijasini hal qilishni istagan bo'lardim. Seriyada kim yaxshiroq tepa olishini bugun bilib olamiz.
- O'tgan mavsumda "Andijon" standrat vaziyatlardan ko'p gollar urayotgan edi. Siz ham ushbu jabhada ish olib boryapsizmi?
- Biz har bir detallar ustida ish olib boryamiz. O'tgan mavsumda jamoada boshqa tarkib edi. Mendan oldingi murabbiylar shtabi standartlarga katta etibor qaratgandi. Men esa bunchalik katta etibor bermayman, ammo ertaga yangicha epizodlardan foydalanamiz. Standartlardan foydalanishda bir nechta variantlarimiz bor.
- "Andijon"ning ketma-ket mag'lubiyatlaridan so'ng "Ultras" jamoani qayd etayotgan natijalardan norozi bo'ldi. Muxlislar hatto futbolchilar bilan ham uchrashishdi. Agar ertaga "Andijon" Superkubokni qo'lga kirita olsa, ushbu sovrin "Ultras" va jamoa o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilay oladimi? Muxlislar va klub o'rtasidagi hozirgi munosabatlar qanday?
- Barchasi ajoyib. Men ular bilan har kuni ko'rishaman. Oldin nimalar sodir bo'lgani muhim emas. Hozir esa principlar boshqacha. Men muxlislar etakchisi deyarli har kuni gaplamayapman. "Andijon" taklifini qabul qilganimga "Ultras" muxlislar guruhi sababchi. Ular O'zbekistondagi eng katta va kuchli muxlislar guruhi. Men ulardan bir narsani iltimos qildim. Sabrli bo'lishni, sababi klubga kelib, bir kunning o'zida barchasini o'zgartirib yuborib bo'lmaydi. Bu imkonsiz. Oldimizda kichik tanaffus bor va ushbu tanaffus davomida kichik yig'in o'tkazamiz. Birinchi davraning yakunida dastlabki o'yin suratimizni namoyish etishimiz kerak. Muxlislar ham barchasini tushunishmoqda. To'g'ri, barcha g'alaba qozonishni istaydi. Shuningdek biz ham.
Doniyor Abdumannopovga savol
- Statistikaga qarasak, siz Maksim Shackix qo'l ostida eng yaxshi o'yiningizni namoyish etasiz. Maksim Shackix siz uchun eng qulay murabbiy deb hisoblasak bo'ladimi?
- Aleksandr Xomyakov qo'l ostida kamroq imkoniyatga ega bo'ldim. Buning sababi shu deb o'ylayman. So'nggi o'yinlarda esa 90 daqiqa davomida o'ynayapman. Mening fikrimcha, sababi shu.
Maksim Shackixdan qo'shimcha
- O'z fikrimni aytib o'tsam. Mening fikrimcha, Abdumannopov hujum chizig'idagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Ushbu futbolchi har bir raqibga qarshi farqni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday futbolchilar juda kam. Doniyor nega hali hamon terma jamoaga chaqirilmaganini bilmayman. Hech bo'lmasa, bir marotaba chaqirib imkoniyat berib ko'rishga loyiq. U hali o'z so'zini aytadi.
- "Surxon"ga qarshi o'yindan so'ng jamoada bor-yo'g'i 16ta futbolchi bor. Qolganlar "lazaret"da degan edingiz. Ertaga maydonga tusha oladigan yoki hali hamon tiklanishga ulgurmagan futbolchilar haqida aytib o'tsangiz.
- Men endigina jamoani qabul qilib olganimda 6ta asosiy tarkib futbolchilari jarohat olgan edi. Bir nechta futbolchilar safga qaytdi, ammo ularning familiyasini aytib o'tirmayman. Afsuski, etakchimiz Oleg Zoteev uzoq vaqtga safdan chiqdi. Ishonamanki, Zoteev tezda tiklanada oladi va yana jamoaga yordam beradi. O'rinbosarlar tarkibidan ham yosh yigitlarni jalb etganmiz. Yosh yigitchalar "Bunyodkor" stadionini birinchi marotaba ko'rayotgan bo'lsa kerak. Imkoniyat bo'lsa, ularni ham maydonga tushiramiz.
- "Andijon"da tayanch yarim himoyachisi poziciyasida muammo bordek. Jamoadagi futbolchilarning salohiyati bo'sh qolayotgan poziciyalarni yopishga etadimi? Masalan, o'tgan mavsum tayanch zonada Levan Arveladze o'ynagan edi. Yangi mavsumda esa Arveladze kabi futbolchi yo'qdek.
- Muhammadkarim Toirov safga qaytdi. Legionerlarni esa men jamoaga olib kelmaganman. Ko'nglim to'lmayotgan legionerlar ham bor. Ularning o'rniga boshqa futbolchilarni ko'rib chiqamiz. Transferlar oynasi ochilishiga bir yarim oy vaqt bor. Tarkibda global muammolar bor demayman, ammo meni qoniqtirmayotgan jihatlar ham bor. Futbolchilarni bizga kerakligicha o'zgartira olmasak, boshqa nomlarni qidiramiz. Qaror menda bo'lganida, men boshqa futbolchilarni jalb etgan bo'lardim. Hozir bor resusrdan foydalanishimiz kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Андижон ўзини атрофидан мураббий топиши керак. Бегона Андижонга борини бермайди. Ўзимизники ўзимизга жон беради. Хали хам кеч эмас махаллий мураббий топиш керак. Олға Ўзбегим!!!