Maksim SHackix: "SHunday o'yinlar bo'lib turadi, to'p darvozaga kirmaydi"
25 iyu 2023 23:09
Yangiliklar
Maksim SHackix: "SHunday o'yinlar bo'lib turadi, to'p darvozaga kirmaydi"
- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Birinchi navbatda, o'yinimiz muxlislarga maqul keldi deb o'ylayman. SHunday o'yinlar bo'lib turadi, to'p darvozaga kirmaydi. Lekin o'yin so'ngida o'z vazifamizni bajardik va natijani qo'lga kiritdik.
- Azmiddinovning diskvalifikaciyasi sabab bugun Hamrobekov himoyada o'ynadi. Boshqa himoyachilarga imkon berib ko'rsangiz ham bo'lar edi-ku?
- Ha, bizda boshqa variantlar bor edi. Masalan, Hamraliev varianti bor edi, lekin u olimpiya terma jamoasi bilan edi va Xitoyda qanday o'ynaganini bilmayman. Odilga ushbu poziciyani ishona olganim sabab, bunday o'zgarishga qo'l urdik. So'nggi vaqtlarda Diyor ham yaxshi o'yin namoyish etmoqda. U o'zi uchun yangi poziciya kashf etmoqda.
- Keyingi uchrashuvlarda Diyorni yana ushbu poziciyada ko'ramizmi?
- Bo'lishi mumkin, biz har doim eng yaxshi variantni tanlaymiz.

- Bugun Hamrobekov va Xolmatovlarning o'yinidan qo'nglingiz to'ldimi?
- Bugun barcha o'yinchilardan ko'nglim to'ldi. Biz ko'p hujum qildik va g'alabaga loyiq edik deb o'ylayman. Raqib ikkinchi taym so'ngida 6 ta himoyachi bilan o'ynashga majbur bo'ldi. O'yin so'ngida g'alabaga erishdik va bugungi uchrashuv adolatli natija bilan yakunlandi.
- Terma jamoalar murabbiylari, futbolchilarning jismoniy holati bo'yicha ko'p nolishadi. Bunga sizning fikringiz qanday?
- To'g'risi, ular aynan qaysi futbolchilarning jismoniy holati haqida gapirishganini bilmayman, lekin men o'z futbolchilarimning jismoniy holatiga javob bera olaman. Futbolchilardan so'rang, mashg'ulot anjumanlari qanday o'tishini.
- Fayzullaev maydon o'rtasida o'ynaganida ancha faolroq o'yin namoyish etmoqda. Nega Abbosni klubda ko'proq qanotda ko'ramiz?
- Fayzullaevni maydon markazida yaxshiroq o'ynaydi, demagan bo'lardim. O'tgan mavsumning so'nggi qismini ko'rib chiqing, u qanotda qanday yorqin o'yin namoyish etganini bilib olasiz. Fayzullaev juda aqlii va tezkor futbolchi, shu sababdan u har hil poziciyalarda birdek yaxshi o'ynay oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar