Maksim SHackix: O'zbekiston jamoalaridan hozircha taklif bo'lmadi
30 dek 2013 10:47
Yangiliklar
Maksim SHackix: O'zbekiston jamoalaridan hozircha taklif bo'lmadi
Tajribali hujumchi Maksim SHackix, shubhasiz, o'zbek futboli tarixida alohida nom va hurmatga loyiq futbolchilardan biri. Yaqin 5-10 yil ichida Maks darajasidagi forvard etishib chiqishiga ishonish qiyin.
Kievning Dinamosida faoliyatidagi yorqin damlarni o'tkazgan SHackix ko'plab rekordlarni yangilashga muvaffaq bo'ldi. Andrey SHevchenko Milanga ko'chib o'tganida, ko'pchilik Dinamo hujum chizig'ida endi muammolar yuzaga keladi, deb o'ylagandi. Ammo hamyurtimiz bu taxminlarni yo'qqa chiqara oldi. Bejiz Kievdagi o'n yillik faoliyati davomida unga qiruvchi MAX unvoni deymizmi, laqabimi, berilmagan. Hozirda terma jamoamizning sobiq sardori so'nggi klubi Arsenal moliyaviy muammolar sababli faoliyatini to'xtatgani uchun ishsiz yuribdi. Lekin uni o'z safiga chorlayotgan jamoalar yo'q emas. Bu yil 35 yoshni qarshilagan Maksim hali butsasini mixga ilish haqida o'ylamayapti. Biz SHackix bilan bog'lanib, undan eksklyuziv intervyu oldik.
- Evropada yanvar oyida qishki transfer oynasi ochiladi. Bu yog'iga nima qilmoqchisiz? Takliflar bormi?
- Albatta takliflar bor. Ukraina klublaridan ham, shuningdek, boshqa mamlakat jamoalaridan ham chorlovlar bo'lib turibdi.
- O'zbekiston jamoalaridan har tomonlama manfaatli taklif bo'lsa, uni qabul qilarmidingiz?
- O'ylab ko'rish kerak. Lekin hozircha bunday taklif bo'lmadi.
- Bu yil 35 yoshga to'ldingiz. Tengqurlaringizdan ayrimlari allaqachon murabbiylik faoliyatini boshlashga ulgurgan. SHu manoda futbolchilik faoliyatingizni yakunlash haqida o'ylamayapsizmi?
- Yo'q, aslo. Hali kuchim bor ekan, o'ynashga tayyorman. Eng muhimi, o'ynash uchun menda istak va klublardan takliflar bor. Futboldan hali zerikkanim yo'q. O'ylashimcha, hali futbolda foydam tegadi.
- Qachon Toshkentda so'nggi bor bo'ldingiz?
- Adashmasam, 2011 yilning 11 noyabr kuni. O'sha kuni Toshkentda JCH-2014 saralash bosqichi doirasidagi KXDRga qarshi bahsda maydonga tushganman. Aynan mana shu uchrashuv mening milliy terma jamoadagi so'nggi o'yinim bo'ldi. O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida 60ta o'yinda maydonga tushdim va 34ta gol urdim. SHuncha gol bilan terma jamoa to'purari bo'lib turish juda yoqimli.
- Hozirda siz Ukraina fuqarosisiz. Ammo O'zbekiston Vataningiz, Toshkent esa tug'ilib-o'sgan shahringiz hisoblanadi. Qachonlardir O'zbekistonga qaytish rejangizda bormi?
- O'zbekiston - mening Vatanim! Bundan faxrlanaman. Aynan shu yurtda ilk futbol sir-asrorlarini o'rgandim, futbolchi bo'lib etishdim. Katta futboldagi yo'lim shu o'lkadan boshlangan. Buni hech qachon yodimdan chiqarmayman. Kelajakda bizni nimalar kutayotganini hech kim bilmaydi. Balki qaytish nasib qilar.
- Siz juda erta Toshkentni tark etib, Rossiya, keyin esa Ukraina klublarida o'ynadingiz. Menimcha, bu to'g'ri qaror bo'lgandi. Bugungi kunda o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatlarida porlayotgan yulduzchalarimiz jamoalarimizning biroz etiborsizligi, qolaversa, futbolchilarning dangasaligi sababli qanday otilib chiqishgan bo'lsa, shunday so'nib ketishyapti. Bu borada shaxsiy fikringiz qanday?
- O'ylashimcha, agar munosib takliflar bo'lsa, yoshlarni xorij klublariga qo'yib yuborish kerak! CHunki bundan birinchi galda o'zbek futboli va milliy terma jamoa yutadi. Aks holda siz aytgandek, yosh futbolchining davri o'tib, o'rtamiyona o'yinchiga aylanib qoladi. Toshkentdagi o'yinlarimni ko'rgan rahmatli futbol agenti Vladimir Saydalinov Rossiya klublariga taklif qilgandi. Saratovning Sokolidan tortib to Kaliningradning Baltikasigacha bo'lgan yo'lni birgalikda bosib o'tganmiz. Dinamoga o'tishimdan oldin 2-3 oy Moskvaning Spartak klubi ko'rigida bo'lganman. Ochig'i, Romancev jamoasi menda unchalik yaxshi taassurot qoldirmagandi...
- Demak, o'sha paytda Spartakda qolmaganingizga achinmaysiz?
- Aslo. Baltikaning so'nggi ikki o'yinini kuzatish uchun Dinamo selekcionerlari Ivan Terleckiy va Andrey Biba kelishgandi. Klublar o'zaro kelishib olishgan va birinchi davradan so'ng Ukrainaga jo'nab ketishim hal bo'lgandi. Bu orada Spartak vice-prezidenti Grigoriy Esaulenko Moskvaga katta vadalar bilan chaqiradi. Men esa unga allaqachon bir qarorga kelganimni aytdim. Biz Kiev aeroportidan to'g'ri klub bazasiga yo'l oldik va u erda Igor Surkis hamda afsonaviy Valeriy Lobanovskiy bilan uchrashdim. Ochig'i, o'shanda hayajondan ter bosib ketgandi. Keyinchalik Lobanovskiy men uchun otamdek bo'lib qolgandi.
- Garchi Dinamo sharafini 10 yil davomida himoya qilgan bo'lsangizda, klub bilan xayrlashuv uchrashuvingiz yaxshi taassurot qoldirmagan. Yuriy Syomin sizni SHaxtyorga qarshi kechgan so'nggi o'yiningizda hatto zaxira futbolchilari qatoriga ham qo'shmagandi. Buni o'sha paytda hazm qilish qiyin bo'lgandir?
- Agar insoniy tomondan olib qaraganda, Syominni oqlamayman. CHunki o'sha o'yin amalda hech narsani o'zgartirmasdi. Murabbiylik nuqtai-nazaridan Syominga etirozim yo'q. Stadionga yig'ilgan muxlislarning o'sha kungi olqishlari men uchun hammasidan ustun. Tribunada meni olqishlab, banner ko'targan muxlislarni ko'rib, beixtiyor yig'lab yuborgandim.
- Dinamoda o'ynab yurgan kezlaringiz sizga ham Evropaning ko'zga ko'ringan klublaridan takliflar etarlicha bo'lgandi. Lekin...
- Sizni tushundim. Haqiqatan ham, yaxshigina takliflar bo'lgandi. Ammo klub rahbariyati meni qo'yib yuborishni istamagan. Boshqa tomondan, buning uchun hozir afsuslanmayman.
- Uchinchi yildirki, sobiq jamoangiz Dinamo etakchilikni nafaqat azaliy raqibi SHaxtyorga topshirdi, balki Metallist, Dnepr klublariga ham kurashda yutqazyapti. O'zingizcha, bu holatni tahlil qilib ko'rdingizmi? Nima uchun Ukraina grandining o'yini shu darajada pasayib ketdi?
- Bu holatni olamshumul voqelikka yo'ymagan bo'lardim. SHunchaki, chempionat saviyasi siz sanab o'tgan klublar hisobiga kuchaymoqda. Bu esa normal holat. Buning natijasida Ukraina terma jamoasi ham kuchaydi. Terma jamoaning JCH pley-off bosqichida ishtirok etishi va sal bo'lmasa Braziliya chiptasini qo'lga kiritishi mumkinligi fikrimga isbot bo'ladi. Hozir turnir jadvaliga nazar tashlaydigan bo'lsangiz, chempionlik uchun 3-4ta jamoa kurash olib boryapti. Ishonchim komil, ikkinchi davra o'yinlari yanada qiziqarli o'tadi.
- SHaxtyor tatilga qishki chempion sifatida chiqdi. Sizningcha, Rinat Axmetov jamoasi yakunda ham bu etakchilikni saqlab qoladimi?
- Buni yozda bilib olamiz. Hali hamma kurash oldinda.
- Maksim SHackixning milliy terma jamoadagi xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etishni istarmidingiz? To'g'ri, aslida bu savol O'FFga bo'lishi kerak edi. Ammo bu boradagi shaxsiy fikringizni bilmoqchi edim.
- Menimcha, buni har bir futbolchi istasa kerak. Tabiiyki, men ham muxlislarimiz ko'z o'ngida o'zimning xayrlashuv o'yinim o'tkazilishini xohlayman. Lekin faqat mening xohishim bilan ish bitmaydi.
- Milliy terma jamoamiz juda yaxshi sharoitda JCH-2014 yo'llanmasini qo'lga kiritolmadi. Bu mavzu juda ko'p muhokama qilindi. Kimdir bosh murabbiyni, bazilar ko'zi yonmagan futbolchilarni, ayrimlar terma jamoa uchun tayinli o'rtoqlik o'yini tashkil etib bermagani uchun O'FFni aybladi. Ayni mavzu bo'yicha shaxsiy fikringiz qanday?
- Futbol - bu shunday sport turiki, unda kutilmagan syurprizlar bo'lib turadi. SHunisi bilan ham u qiziq. Bejizga futbolni millionlar o'yini deyishmaydi. Endi bu omadsizlikda kimnidir ayblash o'rinsiz bo'lsa kerak. Mabodo, pley-offda Iordaniya to'sig'idan o'tgan taqdirimizda ham orzumiz amalga oshib qolmasdi. Biz hali Urugvay terma jamosi bilan tengma-teng o'ynaydigan darajaga etmadik. Achchiq bo'lsa-da, bu ayni haqiqat. Urugvayliklarga qarshi kechadigan o'yindan muxlislar ko'p narsa yutishardi. CHunki Luis Suares, Diego Forlan kabi jahon darajasidagi yulduzlarni istasangiz ham Toshkentga olib kelolmaysiz.
- Siz terma jamoamizning hozirgi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan bir necha yil elkama-elka to'p surdingiz. Bu mutaxassis haqida etarlicha malumotga egasiz. Anglagan bo'lsangiz, Qosimov haqidagi fikringizni bilmoqchimiz.
- Mirjalol Qo'shoqovich juda yaxshi, oliyjanob inson. Ha, aynan shunday. Bunday saviyadagi futbolchi yaqin orada O'zbekistondan chiqmasa ham kerak. Murabbiy sifatida ham uni buyuk kelajak kutyapti. Buni hozirdanoq terma jamoa qayd etayotgan natijalarda ko'rish mumkin. Terma jamoamiz faqat omad etishmaganligi sababli, JCHdan qolib ketdi. Hali shu paytgacha hech qachon 14 ochko jamg'arilmagandi. Hal qiluvchi saralash o'yinlarida g'alaba qozonish bu tarixiy natijadek qabul qilinardi. Qosimov murabbiyligidagi Bunyodkor ham ajoyib natijalarni qo'lga kirityapti.
- Vadim Abramov Eron terma jamoasiga Toshkentdagi o'yinda imkoniyat boy berilgach, istefoga chiqarilgandi. Bu 4-saralash bosqichining ilk uchrashuvi bo'lganini inobatga olsak, rahbariyat tomonidan qabul qilingan qarorni to'g'ri bo'lgan, deb hisoblaysizmi?
- To'g'rimi yoki yo'q, buni biz hal qilmaymiz. O'zimizcha, muhokama qilganimiz bilan hech narsa o'zgarib qolmaydi.
- Milliy terma jamoamizning muvaffaqiyatli o'yinlaridan so'ng mukofot pullarini olganmisizlar?
- Ha, olardik. Malum miqdorda mukofot pullari belgilangandi. Olmasdik, desam yolg'on gapirgan bo'laman.
- Ukraina terma jamoasi ham juda yaxshi sharoitda mundial yo'llanmasidan mahrum bo'ldi. SHu mamlakat fuqarosi sifatida buni qanday qabul qildingiz?
- Yuqorida aytganimdek, futbol kutilmagan sovg'alari bilan qiziq. Bu bilan Franciya terma jamoasi kutilmaganda JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi, demoqchi emasman. Park de Prensdagi o'yin qanday kechganligini hamma ko'rdi. Faqat Kievdagi 2:0 hisobidagi g'alabadan so'ng ukrainlar diqqat etiborlarini bir joyga jamlay olmadilar. Parijdagi javob uchrashuvida tezkor gol o'tkazib yubormaslik eng muhim maqsad edi. Afsuski, dastlabki daqiqalardagi bosimga mehmonlar dosh bera olishmadi. To'p o'tkazib yuborgandan keyin ham mezbonlar darvozasini ishg'ol qilish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Lekin bundan ham foydalana olishmadi. Ochig'i, bundan fojia yasamadim.
- JCHda yana qaysi terma jamoalarni ko'rishni istagandingizu, bu amalga oshmay qoldi?
- O'zbekiston va Ukraina terma jamoalarini. Boshqa jamoalar haqida o'ylamadim ham.
- Braziliyadagi mundialda qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?
- Ispaniyaga.
- Taxminingizcha, JCH-2014da sovrindorlar uchligi qanday ko'rinishda bo'ladi?
- Ispaniya, Germaniya, Italiya. SHaxsan men chempionlik yo'lida Qizil furiyaning imkoniyatini yuqoriroq baholayapman. Ular o'z unvonlarini saqlab qolishsa kerak.
- 13 yanvar kuni FIFA dunyoning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini elon qiladi. Siz o'z ovozingizni kimlarga bergan bo'lardingiz?
- Futbolchilardan Messiga, murabbiylardan esa Xosep Gvardiolaga. To'g'ri, Messining Oltin to'p yo'lidagi imkoniyati ancha past. Fikrimcha, sovrinni Ronalduga berishsa adolatdan bo'lardi. Gvardiolada esa yilning yaxshi murabbiyi bo'lish uchun imkoniyat yuqori. Kuni kecha uning qo'l ostidagi Bavariya Klublar o'rtasida jahon chempioni bo'ldi. Germaniyada ham bu jamoaning barcha sovrinlarni qo'lga kiritishiga shubham yo'q.
- Sizni qachonlardir O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga taklif etishsa, bunga qanday javob bergan bo'lardingiz?
- Bundan faqat xursand bo'lardim.
- Sizning barcha davrlardagi eng yaxshi klubingiz va futbolchingiz...
- Dinamo (Kiev) va Zayniddin Zidan.
- O'zbekiston chempionati o'yinlarini internet orqali kuzatib borasizmi?
- Imkoniyatim darajasida kuzatib boraman. Hech bo'lmaganda, turnir jadvalidagi holatni ko'rib chiqaman. Bu yil Bunyodkorning chempionlik va kubokni qo'lga kiritganidan xabarim bor. Takidlash joiz, O'zbekiston chempionatida avvalgi yillar bilan taqqoslaganda o'sish bor. Buni terma jamoa natijalarida ko'rish mumkin. Fursatdan foydalanib, gazetangiz orqali yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Bu yil amalga oshmagan orzularining ro'yobi kelasi yili ushalsin!
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi.

Fikrlar