Maksim SHackix: "O'yinga tayyorlangan rejamiz ish berdi"
26 avg 2024 22:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/799961_original.jpg)
![](/upload/storage/799961_220.jpg)
Maksim SHackix: "O'yinga tayyorlangan rejamiz ish berdi"
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Biz o'yinni nazorat qilishni maqsad qilgandik. Birinchi daqiqadan boshlab to oxirgi daqiqalarga qadar kurashish rejamiz bor edi. Nazarimda, bunga erishdik. Yigitlar faollik ko'rsatishdi.
Birinchi bo'lim durang uchun mos bo'ldi. CHunki bu bo'limda atigi bitta vaziyat yarata oldik. Ikkinchi bo'limda hujumkorlik oshdi, vaziyatlar yuzaga kelishni boshladi. Yigitlarni muhim g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi uchrashuvga tayyorlagan rejamiz ish berdi deb o'ylayman." - deydi toshkentliklar bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar