So’nggi yangiliklar

00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  2 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  9 23:21Кабо-Верде терма жамоаси тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига йўл олди  10 22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  13 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  3 22:10Ушбу ФИФА кунлари охиргиси...   5 22:05"Динамо" назорат учрашувида "Машъал"ни таслим қилди  0 21:21Фабио Каннаваро: "Бизда буни ўнглаш учун яна 8 ой вақт бор"  52 21:21Рустам Ашурматов: "Ўйин томонлама кучайтирадиган жиҳатларимиз бор экан"  4 20:24Ўзбекистон терма жамоасининг 11 ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунига етди  25 20:08Русланбек Жиянов: "Уругвай каби кучли жамоаларга қарши учрашувларда катта тажриба оламиз"  21 20:00Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 1:2  10 19:52"Манчестер Юнайтед" собиқ бош мураббийи "Рейнжерс" билан музокаралар ўтказмоқда  0 19:38Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон Уругвайга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  432 19:13МЮни сотиб олишга даъвогар тадбиркор клубга "Олтин тўп" соҳибини олиб келмоқчи  3

Maksim SHackix: "O'yin 80 daqiqa davomida raqib maydon yarmida kechdi. "Al-Vasl" safida bor-yo'g'i 2ta mahalliy futbolchi bor" Yangiliklar

Maksim SHackix: "O'yin 80 daqiqa davomida raqib maydon yarmida kechdi. "Al-Vasl" safida bor-yo'g'i 2ta mahalliy futbolchi bor"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Neftchi" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barchaga xayrli kech. O'yinni hamma ko'rdi, yigitlar berilgan vazifalarni bajarishdi. Hozircha faqat yakuniy nuqta etishmayapti. O'yin 80 daqiqa davomida raqib maydon yarmida kechdi. Yurishlar, uzatmalar yaxshi chiqmoqda. Raqib maydonida agressivroq o'ynashimiz kerak edi. Buning ustida har kuni ishlayapmiz. Bo'lmasa ustunlik bizning jamoada edi. Bunday o'yinlar bo'lib turadi.  Bilmadim, qanotlardan qancha uzatmalarni amalga oshirdik. Juda ko'p" - deydi Maksim SHackix.

-"Neftchi" zich himoyalandi. Bunday taktikaga qarshi qanday o'ynash mumkin? 

- Faqat qanotlar orqali. Raqib ham bizni o'rgangan. To'g'ri aytdingiz, ular darvozaga yaqin joylashishdi. Futbolchilarga qanotlarda ko'proq va tezroq o'ynashni aytgandik. Oldindagi uchlik biroz ulgurishmadi. Aytganimdek uzatmalar bo'lmadi emas. Deylik, Xojiakbar Alijonovda yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. Bunday vaziyatda faqat qanotlar va uzoqdan zarbalar ishga tushishi kerak. "Neftchi" ham yomon jamoa emas, munosib himoyalandi. Ko'rinib turibdiki, ular bugun shunday o'yinni istashgan. Orqa chiziqda bexato o'ynash bo'ldi. 

- Dragan CHeran va Sardor Sobirxo'jaev bugun nima uchun qaydnomaga kiritilmadi? 

- Draganga biroz dam berdik. Hozir har 3-4 kunda o'yinlar bo'ladi. Sardor o'zini yaxshi xis qilmadi. Azmiddinovda mikrojarohat bor edi. Hozir sog'-salomat. 

- Doston Hamdamovning zaxiradan maydonga tushirilib qaytib olinishi sababi nima? 

- Biz kimdir yomon o'ynadi deb zaxiraga olmaymiz. Almashdimi demak nimadir qo'shish kerak. Bunday o'yinlarda ochig'i qiyin bo'ladi. Doston juda yaxshi harakat qildi, unga hech qanday etirozim yo'q. U hammasini qildi. Lekin bizda zaxirada hujum vakillari qolgan, gol urishimiz kerak edi. Men vinger o'rniga tayanch yarim himoyachisini tushirolmayman. Biz zaxiralarni poziciya bo'yicha qilamiz. Oldinda OCHL uchrashuvlari bor. 

- "Paxtakor" "Al Vasl" bilan o'yinga tayyormi?

- Buni futbol ko'rsatadi. Raqib jiddiy va yaxshi jamoa  BAA chempioni, tarkibida faqat 2 nafar mahalliy futbolchi bor. Bizga qiyin bo'lishini bilamiz. 17 sanada ko'ramiz.



Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика