So’nggi yangiliklar

09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  2 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  1 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  1 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  1 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  3 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0

Maksim SHackix: "Har bir sovrin futbolchi va murabbiylar uchun juda muhim" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Har bir sovrin futbolchi va murabbiylar uchun juda muhim"

O'zbekiston Superkubogi uchun bellashuvdan avvalgi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanning birinchi qismida "sherlar" ustozi Maksim SHackix va yarim himoyachi Odil Hamrobekov ishtirok etdi. 


"Ertaga o'yin qiziq bo'lishi aniq. Biz chiroyliroq futbol o'ynash uchun bor salohiyatimizni ishga solamiz va umid qilamanki, o'yin muxlislarga yoqadi. Muxlislarni stadionda kutib qolamiz va biz esa maydonda chiroyli futbol namoyish etamiz. Natijani esa o'yindan keyin bilib olamiz", - dedi Maksim SHackix.


Odil Hamrobekov: "Ertangi uchrashuv o'z nomiga mos. Finallarda xatolar kechirilmaydi. Jamoa bilan ertangi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik va ertangi uchrashuvga tayyormiz".

- Avgust oyidagi "Paxtakor"ning zich taqvimidagi so'ngi o'yinlardan biri, ustiga-ustak ushbu raqib bilan bir hafta oldin to'qnash kelgan edingizlar. Ertangi uchrashuv siz uchun qanchalik principial ahamiyatga ega?
"Har bir sovrin futbolchi va murabbiylar uchun juda muhim. Sovrin tarixda qoladi va ushbu sovrinni qo'lga kiritish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Ertaga kubok finali va ushbu sovrinni hech kim raqibga berib yuborishni xohlamaydi. Ertaga sifatli o'yin va o'zimiz istagan natijaga erishamiz degan umiddaman".

- Superliga doirasida kechgan "Nasaf"ga qarshi uchrashuvda jamoaning asosiy futbolchisi Dragan CHeransiz "realizaciya" bo'yicha muammolarga duch keldi. Ertangi uchrashuvda CHeranni hisobga olmasak, qo'shimcha rejangiz bormi?
- O'zgarish bo'ladimi yo'qmi ertaga bilib olamiz. O'z rejamni aytib qo'yishim mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Tarkibni o'yindan avval aniqlayman. CHempionat va kubok bahslarini solishtirish noto'g'ri deb o'ylayman. CHempionat uzoq vaqt davom etadigan musobaqa, kubok bahslari esa xatoni kechirmaydi va bor yo'g'i bir o'yin o'tkaziladi. O'yinga tayyorgarlik ham boshqacha bo'ladi. Ertaga "Paxtakor" namoyish etadigan o'yin, bir hafta oldingi o'yindan farq qiladi.



- Kubok va chempionat bahslarining farqi bor dedingiz. Aynan futbolchi va murabbiylar uchun ushbu uchrashuvlar qanday farqga ega? Qarshida kechgan va ertaga bo'lib o'tadigan o'yin futbolchilar uchun qanchalik farq qiladi, balki tayyorgarlik va motivaciya boshqacha bo'ladimi?
"Siz aytib o'tgan jihatlarda o'zgarishlar bo'lmadi. Biz o'yinlarni tahlil qilib chiqdik. Raqibning so'ngi o'yinini ko'rmadik, sababi biz ertaga o'zimizning o'yinimizdan kelib chiqib o'ynaymiz. Qarshida bo'lib o'tgan uchrashuvda jamoaga g'alaba qozonish uchun etishmagan jihatlarni to'g'irlaymiz".

- O'zimizning o'yinimizdan kelib chiqib o'ynaymiz deyapsiz, demak ertaga "Paxtakor" ko'proq hujum qilib, to'pga ko'proq egalik qiladimi?
- Qarshidagi o'yinda ham shunday holat bo'lgan edi. Qarshida faqat ko'p golli vaziyatlar yarata olmagan edik. So'ngi uchrashuvdan so'ng aytib o'tganimdek, hozir jamoada so'ngi pas va vaziyatni yakunlash bo'yicha muammo bor. Ushbu muammoni tez orada bartaraf etishimizga o'zingiz guvoh bo'lasiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика