So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  22 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Maksim SHackix: "Futbolchilarning etishmovchiligi sabab Asqarovni chap qanotda o'ynatdik. Alijonov va Abdumannopov hali maydonga tushishga tayyor emas" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Futbolchilarning etishmovchiligi sabab Asqarovni chap qanotda o'ynatdik. Alijonov va Abdumannopov hali maydonga tushishga tayyor emas"

Superliga 12-turidan o'rin olgan OKMK - "Paxtakor" (4:2) uchrashuvidan so'ng "sherlar" bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- O'yinni o'zingiz ko'rdingiz. Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Afsuski, o'z muxlislarimizni xursand qila olmadik. Bugun mag'lubiyatga loyiq emas edik. Har doimgidek ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Raqib esa xatolarimizni kechirmadi. Yoshlar bilan o'ynash natijani xavf ostiga qo'yadi.

- "Paxtakor"ning yosh futbolchisi Muhammadali O'rinboev yarim yil Angliyada o'ynab keldi. O'rinboev "Paxtakor"dagi faoliyatini davom ettiradimi?

- U hozir qaydnomada emas. Yozgi transferlar oynasi ochilsin ko'ramiz.

- "Paxtakor" o'yinni aktiv boshladi va hisobda oldinga chiqib oldi. Lekin gol urilganidan so'ng jamoangiz hujumga o'tmay qo'ydi. Bunga sabab nima?

- Biz himoyaga yotib olmadik va bunday qilish rejamizda umuman yo'q edi. OKMK jamoasi ko'proq uzun paslar orqali o'ynay boshladi. Ayrim bir futbolchilarga qanday o'ynash kerakligini tushuntirish qiyin bo'lyapti. Bir nechta futbolchilarimiz o'zlarining poziciyasida o'ynashmadi. Buni ham hisobga olish kerak. Behruz Asqarov hech qachon chap qanotda o'ynamagan. Boshqa variantimiz bo'lmagani uchun Asqarovni ushbu poziciyada o'ynatdik.

- Diyor Xolmatov bugun qanotda ko'p o'ynadi. Ikkinchi bo'limda himoya qanotida ko'p ko'zga tashlandi. Bunga sabab nima?

- Yo'q. Diyor qanot himoyasida o'ynamadi. Raqib hujum qilayotgan chog'i u himoyaga yordam berdi, xolos. Xolmatov uchrashuvni maydon markazida boshladi, keyinchalik uni hujum qanotiga o'tkazdik, ammo u qanot himoyachisi sifatida o'ynamadi. SHunchaki himoyaga yordam berib turdi.

- Yosh futbolchilar tez-tez xato qilishi haqida ko'p gapirgansiz. Biroq bugun jamoaning ikki markaziy himoyachilari Azmiddinov va Hamralievlar ham xatolarga yo'l qo'yishdi. Azmiddinov yo'q joydan penalti olib keldi. Hamraliev ikkinchi qavatda yaxshi o'ynay olishini bilamiz, ammo uchinchi golda u havodagi kurashda raqibga mag'lub bo'ldi. Ikki markaziy himoyachi omadsiz o'yin namoyish etganinga nima sabab bo'ldi?

- Biz ishongan futbolchilar ham bugun xato qilishdi. Abdumajidov to'rtinchi golda xato qildi, ammo u hali yosh yigitcha. Alijonov ham bugun maydonga tushdi. Alijonov ancha vaqtdan beri o'yin amaliyotiga ega bo'lmagandi. Alijonov va Abdumannopovlar to'p bilan mashg'ulot o'tayotganiga bir necha kun bo'ldi xolos. Ularni yarim yildan ko'p vaqt futbol o'ynashmadi. Jarohatlanganlar hali maydonga tushishga tayyyor emas.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика