So’nggi yangiliklar

22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  3 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  1 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  99 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  15 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  23 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  6 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0

Maksim SHackix: "CHeran, Sobirxo'jaev borasidagi savollar menga berilmasin. Bu mavzu yopilgan" Yangiliklar

Maksim SHackix: "CHeran, Sobirxo'jaev borasidagi savollar menga berilmasin. Bu mavzu yopilgan"

Superliganing 25-turi doirasida "Paxtakor" - OKMK o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida qatnashdi.


- Bo'shliq ichida turib, futbolchilarni ruhlantirish juda qiyin. Bo'shliqni to'ldirib bo'lmaydi, ayniqsa, mavsum yakunida. Bu o'yinning birinchi bo'limida vaziyatlarimizdan foydalanganimizda, hammasi boshqacha bo'lib ketardi. Borini qabul qilamiz. Raqiblar standartlarga katta ahamiyat berishini aytgandik, shunday bo'ldi ham. Fol, to'p uzatilishi va ahmoqona golni o'tkazib yubordik. Bu futbol. Kimdir yutadi, kimdir yutqazadi.  Oldimizda 3ta o'yin qoldi, tayyorlanamiz va harakat qilamiz. Bugungi mag'lubiyat bilan hayot to'xtab qolmaydi.

- Siz qisqa vaqt jamoada bo'lmadingiz, bunga sabab nima? SHuningdek, muhim o'yinda CHeran, Sobirxo'jaev kabi muhim futbolchilar ishtirok etishmaganini nima bilan izoxlaysiz? Jamoani o'zingiz istagandek tayyorlay oldingizmi?

- Futbolchilar borasidagi savol menga emas. Bu mavzuni yopamiz. O'yinga odatdagidek tayyorlandik. Termalar o'yinlaridagi tanaffus vaqtida yigitlarni jonlantirib olishga harakat qildik. Mashg'ulotlar borasida hech kimga etiroz yo'q. Hamma yuqori darajada mehnat qildi. SHuningdek, terma jamoada o'ynagan Alijonov ham tarkibda emasdi. Uni avvaldanoq o'yin rejalariga kiritmagandik. U qisqa muddat ichida ikkita o'yinni to'liq o'tkazdi, shuningdek, uzoq yo'l bosdi. Bugungi o'yin uchun reja qilingan futbolchilarning barchasiga imkoniyat berildi. Abdullaevga ham dam berishni istagandik, imkon bo'lganida uning o'rniga boshqasini qo'ysak, yanada tartibliroq himoya ko'rgan bo'lardik. Barcha uchun dam berishga harakat qilyapmiz.

- Sizning 2 oy "damga" chiqib ketishingiz sababi nimada? Klub egalari Sizga omad tilashganimi yoki rostdan kasal bo'lib qoldingizmi?

- Ijodiy tanaffusda edim. Biz ham davlat tashkilotimiz. Kichik ijodiy tanaffus oldim, engil tiklanish. Qisqa muddatda qaytdim. Ha, betob ham bo'lib qoldim. Hozir sog'lomman.

- O'yindan oldingi insaydlarda hujumchi Dragan CHeran bosh murabbiy Maksim SHackix bilan ziddiyatga borgani haqida malumotlar tarqaldi. Uning "Istiqlol"ga qarshi o'yinda maydonga tushish ehtimoli qanchalik?

- Meni yaxshi taniydigan insonlardan so'rang, men janjalkash inson emasman. Hech kim bilan ziddiyatga bormayman. Boya aytganimdek, bu haqdagi savolni menga bermang. Agarda qaror menga bog'liq bo'lganida, bunday ishlar bo'lmagan bo'lardi. Vaqti etganida barchasini bilib olasiz. Men hech kim bilan urushmaganman va urushmayman.

- Jo'jani kuzda sanaydigan vaqt keldi. "Paxtakor" kumush medallar uchun kurashdan ham chiqdi. Jamoa mavsumni o'zi kutgan joydan qanchalik   pastda yakunlaydi?

- Mavsum omadsiz o'tgani aniq. Biroq barchasida ham meni ayblab bo'lmaydi. Sizlar aytayotgan 2 oy davomida men jamoani boshqarmadim. Bu birinchidan. Mavsumni omadli deyish mumkindir. CHunki tarkibni yangilab olish kerak edi. Mavsum avvalida boshqacha vazifalar qo'yilgandi, keyin bular o'zgarib ketdi. Keyin "organizmda xatoliklar ko'rina boshlandi". Kelasi yili hammasi boshqacha bo'ladi. Istalgan jonli mavjudotni oling, organizmida yangilanishlar bo'ladi. Har yili bir xil tarkib bilan bir xil futbol o'ynab bo'lmaydi, buning iloji yo'q. Har doim nimalardir o'zgaradi, kimdir keladi, kimdir ketadi, yangi qon quyiladi, yangi hissiyotlar olib kiriladi. Futbolchilar "qulay zona"ga tushib qolsa, o'sishdan, o'ylashdan to'xtab qoladi. Bunday holat futbolda ko'p bo'ladi. Ular bu erda nima qilib yuribman, jamoaga nima sababdan kerakman deb o'ylamaydi. Eng qo'rqinchlisi, futbolchi futbol orqali niyatlariga eta olmaydi. Futbolchi niyatlarini balandlatishi, yangicha chaqiruvlar olishi kerak. Ruhan o'zlarini ishtiyoqqa to'ldirishi lozim, agarda ular buni istashsa. SHu orqali ular o'sishadi, aks holda faoliyati qanday holatda yakunlanib qolganini bilmay qolishadi. Agarda futbolchi kuchli bo'lsa, o'zini yangilaydi va yangi chaqiruvlar sari odimlaydi. Faqatgina buni uning o'zi istashi kerak. Aks holda qulay sharoitga o'rganib qoladi. Men esa buni istamayman. Hali odamlarning miyasida nimalarni o'ylaydigan apparat o'ylab topishmagan. Bu juda qiyin. Yil davomida bir xil gaplarni gapiramiz, gapiramiz va gapiraveramiz. Mavsum yakunida esa bir joyda o'tirib, taxlil qilamiz va hulosalar chiqaramiz. Kim eshitayotgan bo'lsa, o'sha harakat qiladi. Barchasi o'zlarining individual niyatlariga bog'liq: ular futboldan nimani istashadi va nimalarni olishga harakat qilishadi. Sen bu sportga nima sababdan kirib kelding? SHunchaki vaqtni o'g'irlash uchunmi? Buning uchun qaror chiqarish kerak. Boshqasi esa zabt etish, orzulariga erishish va pul ishlash uchun keladi. Hammaning o'z maqsadi bo'lishi kerak. Maqsad bo'lmasa nima sababdan harakat qilasan? Kun o'tkazish uchunmi? Balki... Bugungi o'yin borasida futbolchilarimning ko'pchiligi nimalarnidir o'ylashi kerak.  "Men bu erda nima qilib yuribman?" Lekin ular buni tushunishmaydi. Tushunishsa ham tan olishmaydi. "Nimada xato qilyapman, nimalarni o'xshata olmayapman, qaysi jabhada yomonman?", degan savollarni o'zlariga berishmaydi. Odamlar ham shunday. Buni tan olishlari qiyin. Yigitlarga esa men buni aytyapman. Men shunday odamman. Butun dunyoda shunday. Futbolchi avvalo o'zini taxlil qilishi va nimalarni istayotganigi bilishi kerak. Demak, nimalarnidir o'zgartirish kerak. O'xshayaptimi, demak, shunday qolishi kerak. Hali barchada imkoniyat bo'ladi. Imkoniyat izlashda davom etaverish kerak. Ularning yo'li shunday.

- O'yin paytida muxlislar "Maksim aut" deb baqirishdi. Bu holatga qanday munosabatdasiz?

- Meni shamol qaerdan esayotganini bilmaydi deb o'ylaysizmi? Bilaman. Ular muxlislar. Muxlis bo'lib qolaverishsin. Keling, bu haqda gaplashmaylik. Muxlislar faqatgina jamoa haqida qayg'uradi. Normal muxlis esa taxlil qiladi. SHunday muxlis bilan har kuni gaplashaman. Bu erga Trappatoni yoki Anchelottini olib keling, keyin ko'ramiz.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика