So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  3 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  23 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  2 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  25 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  2 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Maksim SHackix: "Axal" har bir raqibga muammo tug'dira oladi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Axal" har bir raqibga muammo tug'dira oladi"

OCHL guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Axal" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix va futbolchi Farruh Sayfiev ishtirok etishdi.

"Barchaga xayrli kun. "Axal" haqida etarlicha malumotlarga egamiz – haqiqatan ham munosib raqib. O'yinlarini tahlil qildik – tez va yaxshi shakllangan jamoa. Har bir raqibga muammo tug'dira oladi, jamoaviy himoyalanadi. Ertaga vaziyatlardan foydalanishga harakat qilamiz va o'z o'yinimizni ko'rsatishga intilamiz. Muxlislarni xursand qilishimiz kerak. Bizga ayni paytda 3 ochko zarur", – deydi Maksim SHackix.

- Avvalgi ikki turda "Paxtakor" hech bir jabhada raqibidan qolishmadi. Statistikada ham buni ko'rish mumkin, lekin yakun etishmadi. Ertaga "Axal" himoyadan o'yinni tashkil qiladi. Gol urishdagi muammoni qanday hal qilmoqchisiz? Boz ustiga CHeran o'ynamaydi...

- To'g'ri aytdingiz. Raqibdan hech bir jabhada qolishmadik. Ustunlikka ega bo'ldik. "Axal" yaxshi himoyalanadi va juda tezkor qarshi hujumga o'tadi. Ochiq zonalardan foydalana oladi. Biz futbolchilarimizning kuchli taraflaridan foydalangan holda o'yinni tashkil qilishimiz zarur. O'ylaymanki, ertaga ijobiy natijaga erisha olamiz.

- Mavsumning murakkab pallasida turibmiz. Ertaga futbolchilar jismoniy tomonlama o'yinga tayyormi?

- Bu borada muammo yo'q deb o'ylayman. 

"Ertaga bizni juda yaxshi o'yin kutmoqda. 3 ochko juda muhim. Guruhdan chiqish uchun imkoniyatimiz bor. "Axal"ning o'yinlarini ko'rdik. Ilk turda ular "Al Fayha"ni mag'lubiyatga uchratdi. Biz faqat g'alaba uchun harakat qilamiz", – dedi Farruh Sayfiev.

"Paxtakor" – "Axal" uchrashuvi ertaga 19:00 da boshlanadi. 

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика