So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  25 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  7 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  0 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  58 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  24 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  10 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  19

Maksim SHackix: "3 markaziy himoyachi? "Navbahor" kuchliligi uchun emas" Yangiliklar

Maksim SHackix: "3 markaziy himoyachi? "Navbahor" kuchliligi uchun emas"

Coca-Cola Superligasi uchinchi turidan o'rin olgan "Paxtakor" va "Navbahor" (2:1) o'rtasidagi markaziy uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Maksim SHackix matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yin haqida

- Hammaga xayrli kech. O'yindan oldin barcha kutganidek, haqiqiy derbi bo'ldi. O'zining emociyalari, gollari bilan shunday bo'ldi ham. Ilk navbatda biz muxlislar uchun o'ynaymiz. O'ylaymanki, ular bizdan rozi bo'lishdi.

- Jamoa bugun mavsumda ilk bor 3 nafar markaziy himoyachi bilan o'ynadi. Bunga sabab taktikangizga futbolchilar etishmaganimi yoki "Navbahor" kuchli ekanligi uchunmidi?

- "Navbahor"ning kuchliligi uchun emasligi aniq (kuladi). Hayratlanmang, keyingi o'yin umuman boshqa taktika va sxema ostida kechishi mumkin. Barchasi futbolchilarning kuchli va zaif jihatlariga, umumiy holatiga bog'liq bo'ladi. Har bir uchrashuv uchun strategiya tuzamiz. Kim bilan o'ynashimizni farqi yo'q, raqibni to'liq o'rganib chiqamiz. Barchasini o'rganib chiqqan holda raqibga nima taklif qilishimizni va raqiblarning kuchli jihatlarini kuchsizlantirishni reja qilamiz.

- Siz har doim to'g'risini aytasiz. Bugungi hakamlikka necha baho qo'ygan bo'lardingiz?

- Mening gaplarimni hurmat qilishingizdan xursandman. Men o'zim uchun haqman. Hakamlarga baho qo'ymagan bo'lardim. Hammaning o'z vijdoni bor. Barchasini hakamlar qo'mitasiga qoldiramiz. Ular ushbu o'yinni tomosha qilishadi. To'g'risini aytaman, takroriy lavhalarni ko'rdim. Menimcha, birinchi penalti yo'q edi. Ikkinchi penaltida esa jarima maydonchasi ichida futbolchilar ko'p edi. Nimanidir aniqlash qiyin bo'ldi. Barchasini qo'mitaga qoldiramiz.

- "Paxtakor" avvalgi turlarga qaraganda kuchliroq o'ynadi. O'tgan turlarda jamoaga nima etishmadi, bugun jamoa nimaning evaziga zafar quchdi?

- Biz yutganimizning o'zi oldingi turlardan kuchliroq o'ynaganimizni anglatadi. Umuman olganda ko'p narsa o'zgargani yo'q, asosiysi tablodagi raqamlar bo'ldi. Ko'p kombinaciya qilib, xavfli hujumlar tashkil etib, gol ura olmasligingiz ham mumkin. Bu hech kim uchun yoqimli emas. Bugungi bahs biz uchun juda muhim edi. Ammo ko'pchilik tushunib turibdiki, ushbu g'alabadan keyin kelgusi ishlarimiz yaxshilanib boradi. Navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Ertaga o'tgan o'yinlardagi mag'lubiyatni yoddan chiqarishadi. Yigitlar termaga chaqirilishgan. Asosiysi ularning sog'lom qaytishi bo'ladi.

- Rashidovning zaxirada qoldirishi nima bilan bog'liq?

- Bu jismoniy tayyorgarlikdan kelib chiqib qilindi. Bizga etib kelguncha deyarli 2 oy shug'ullanmagan. SHunday bo'lishi ham kerak edi. Uning holatini tiklab borishga urinyapmiz. Termadagi futbolchilarimiz qaytguncha, u ham jismonan, ham ruhan tayyor bo'lib qolsa kerak va biz boshqa Rashidovni ko'ramiz degan umiddaman.

- Yoshlar termamiz jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Bu yaxshi, ammo endi 8 futbolchisini JCHga jo'natgan holda "Paxtakor" endi 3-4 oylik reja tuzadimi?

- Bu biz uchun haqiqiy muammo. Buni birinchi marta takidlamayapman. "Paxtakor"dan barcha yoshdagi termalarga umumiy 38 nafar kishi jalb qilinadi. Bu balki yaxshidir, "Paxtakor" termalarning homiysidek. Futbolchilarga ham bu yaxshi. Ular uchun terma asosiy maqsad va shu orqali ko'tarilishni istaydi. Hayot shunaqa. Biz qaydnoma tayyorlaganimizda buni hisobga olamiz. Ammo chegarasiz ravishda futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazib bo'lmaydi. Balki U-20 termamizdagi barcha futbolchilar ham asosiy tarkibda o'ynamas, biroq ular yaqin vaqtlardagi asosiy jamoaning zaxirasi bo'ladi. Ular istalgan vaqtda asosiy tarkibda ham zaxirada ham bo'lishga tayyor. Albatta, U-20 termamiz to'rtlikka kirgani va finalga chiqqanidan juda xursand bo'ldim. Jahon chempionati qiziqroq. U erda boshqa maktablar, akademiyalar fonida kuchlimizmi yoki yo'qligini bilib olamiz. Afrika, Osiyo, Evropa kabi qitalar vakillari bilan kuch sinashish orqali darajamiz ochiladi. Biz to'g'ri yo'nalishdamizmi yoki yo'q bilib olamiz.

- Diyor Xolmatovni asosiy tarkibda tushirdingiz. Uning darajasi o'yinga mos keldimi? 

- U yaxshi o'yin o'tkazdi. Birinchi taymda katta ish qildi, shunchaki zaxiradagilarga imkon berib, o'yinimizni yanada kuchaytirishimiz lozim edi. CHunki 90 daqiqa mobaynida hech qaysi futbolchi o'zining tezkor o'yinini ko'rsata olmaydi. Unga bugun etiroz yo'q. U talablarimizni bajarishga harakat qildi. Ammo umid qilamanki, navbatdagi o'yinlarida u hujumda yanada agressivroq o'ynaydi. U qo'lidan kelganicha o'ynadi, unga ofarin deb qolaman.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика