Maksim Shackix: "Yigitlar jismonan va ruhan o'yinga hozir"

Aslanov Jasurbek
3 okt 2023, 00:20
"Al Fayha" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi OCHL guruh bosqichi 2-tur uchrashuvidan oldin "sherlar" ustozi Maksim Shackix ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Maksim Shackix: - Barchaga xayrli kech. Ertaga bizni "Fayha" bilan qiziqarli va keskin o'yin kutmoqda. Bu raqibni o'rgandik, ular kuchli va tezkor jamoa. Jamoalar muxlislarga yoqadigan hujumkor futbol ko'rsatishadi. Birinchi turda biz ham, raqib ham kutilmaganda mag'lubiyatga uchradi. Shu sababli olti ochkolik bahs kutib turibdi deb o'ylayman. Bizda tayyorgarlik uchun kamroq vaqt bo'ldi, lekin yigitlar jismonan va ruhan o'yinga hozir. 

Dastlabki o'yinda bizga vaziyatlardan foydalanish yetishmadi. Raqibimiz deyarli barcha xavfli vaziyatlardan foydalandi, biz esa imkoniyatlarni ko'kka sovurdik.


Stinvorden: - Kecha Riyodga yetib kelib, iqlimga moslashib ulgurdik. Bizni kuchli raqib bilan qiziqarli o'yin kutmoqda deb o'ylayman. Jamoa bilan "Fayha"ni yaxshi o'rgandik. Biz o'zimizni ko'rsatib, g'alaba qozonishga intilamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/Pakhtakor_FC