Makkenni "Yuventus"ni tark etadimi?
14 okt 2022 11:54
Yangiliklar
Makkenni "Yuventus"ni tark etadimi?
Turinning "Yuventus" klubi va AQSH terma jamoasi 24 yoshli xavbeki Ueston Makkenni klubini o'zgartirishi mumkin.
Futbolchi endilikda "byankoneri" murabbiylar shtabining rejalariga kirmayapti, deb yozdi jurnalist Nikolo Skira.
Qayd etilishicha, yarim himoyachi bu haqda xabardor qilingan va qishki transfer oynasida "keksa sinora"ni tark etishga tayyor. SHuningdek, Makkenniga APLning bir qator klublari qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
Transfermarkt portali futbolchini 25 million evroga baholamoqda. Futbolchining "Yuventus" bilan amaldagi bitimi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Amerikalik futbolchi A Seriyaning joriy mavsumida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar