Mak Allister "Liverpul"ga o'tishi haqida: "Mening orzum ushaldi"
08 iyu 2023 18:46
Yangiliklar
Mak Allister "Liverpul"ga o'tishi haqida: "Mening orzum ushaldi"
Yarim himoyachi Aleksis Mak Allister "Brayton"dan "Liverpul"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.
"Ajoyib tuyg'u. Bu mening ushalgan orzum, bu erda bo'lish juda ajoyib va ish boshlashni intizorlik bilan kutyapman. Mavsumga tayyorgarlikning birinchi kunidanoq jamoada bo'lishni xohlardim, shuning uchun hammasi tayyor bo'lgani yaxshi. Jamoadoshlarim bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapman. Bu men uchun fantastik yil bo'ldi – Jahon chempionati va "Brayton" bilan erishgan yutuqlarimiz. Ammo endi "Liverpul" haqida o'ylash va yaxshiroq futbolchi bo'lishga harakat qilish vaqti keldi".
"Liverpul" 24 yoshli futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganini elon qildi. OAV xabariga ko'ra, kelishuv 2028 yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan.
Fikrlar