So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  0 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1

Mahliyo Sarikova “Sevinch”ni tark etdi Yangiliklar

Mahliyo Sarikova “Sevinch”ni tark etdi

“Sevinch” jamoasining hujumchisi Mahliyo Sarikova yaqinda BAAning “Al-Vahda” ayollar jamoasida ko'rikda bo'lib qaytdi.


Ammo oyog'idagi jarohati  bezovta qilgach ortga qaytishga majbur bo'ldi.Mahliyo Sarikova kecha “Sevinch” PFK bazasiga kelib, barcha bilan xayrlashdi va Toshkentga,  o'z uyiga jo'nab ketdi. Biz Sarikova bilan keyingi rejalari haqida qiziqdik:

- Menimcha endi futbolchilik faoliyatimni tugatsam kerak, balki murabbiylikda o'zimni sinab ko'rarman. Yangi mavsumgacha o'ylab ko'rishga vaqtim bor, keyinroq bir qarorga kelarman. SHunisi aniqki, “Sevinch” jamoasidagi faoliyatim nihoyasiga etdi. Bu jamoada hayotimning eng yorqin damlari o'tdi. Ko'plab yutuqlarga erishdim, klub rahbariyati va murabbiylardan juda minnatdorman, – deydi Mahliyo Sarikova.

Biz ham o'z o'rnida Mahliyo Sarikovaga jamoamiz yutuqlariga qo'shgan ulkan hissalari uchun kattadan-katta tashakkurlar bildiramiz va unga  sihat-salomatlik tilagan holda keyingi hayoti va faoliyatida zafarlar tilab qolamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика