So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  0 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  0 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  1 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   47 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   1 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

Mahdi Ali: "O'yin qiziq va og'ir o'tdi" Yangiliklar

Mahdi Ali: "O'yin qiziq va og'ir o'tdi"

O'zbekiston - BAA uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Dastlab mehmonlar ustozi Mahdi Ali jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Yana bir bora ikki terma jamoani Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritganligi bilan tabriklayman. O'yin qiziq va og'ir o'tdi. Ikkinchi taymda birinchisinikiga nisbatan yaxshi harakat qildik. Asosiy tarkibning bir necha o'yinchilarining yo'qligiga qaramay, ikkinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqish hosil qildim. Aslida g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Ammo so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan boy berdik", - deydi Mahdi Ali.

- Siz O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga murabbiyi sifatida O'zbekiston OTJ jamoasiga qarshi bir necha marotaba bahs olib borgan edingiz. Siz uchun OTJ kuchli o'yin ko'rsatarmidi yoki MTJ? Boisi biz aynan mana shu avlodimizni yo'qotib qo'ydik, To'xtaxo'jaev va Nagaevni inobatga olmaganda?
- Afsuski men bu savolga javob bera olmayman. CHunki bu poziciyada emasman. O'zimizni terma jamoamiz haqida gapirsam, bizda hozir 8 nafar futbolchi asosiy tarkibda harakat qilyapti. O'sha jamoangizni yodga olsam, yaxshi jamoa edi. Futbolchini 23 yoshgacha zaxirada ushlab o'tirishdan naf yo'q. Ular o'ynaydigan yoshdalar va maydonga tushishlari kerak.

- Texnik taktik jihatdan o'yin ko'ngildagidek bo'lmagandek?

- Bunga maydonning bugungi kundagi holati tasir qildi. Yana bir sabab, bugun teng kuchli ikki terma jamoa bahs olib bordi. Ko'proq esa maydon halaqit qildi.

- Bugun durang bo'ldi, buni g'alabadek qabul qildingizmi?
- Durang ham katta mehnat evaziga qo'lga kiritildi. Har qanday natijani uni boricha qabul qilish kerak. O'yin avvalida g'alaba qozongan qozonishni maqsad qilsakda, boriga shukr qilish kerak. Ahmedov va Haydarov markazni birinchi bo'limda bizga bermadilar. Ikkinchi bo'limda esa taktikamizni biroz o'zgartirdik.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика