

"Bu menga yoqqadi. Bunga umuman qarshi emasman. Klub tarkibidagi ilk sovrinimni boshim uzra baland ko'tarib turganimda kulib turaman. Chunki ko'plab muxlislar buni istamasligini yaxshi bilaman.
MYU - dunyoning eng ko'p muhokama qilinadigan klubi. Ko'plab muxlislar bizning mag'lub bo'lishimizni istashadi. Shunday ahmoqona dunyoda yashayapmiz.
Shak-shubxasiz, bizga sovrinlar kerak. APL tituliga ega chiqish uchun raqobatbardosh bo'lishimiz kerak. Shu orqali dunyoning eng yirik klublarini mag'lub qila olishimiz mumkin bo'ladi", - dedi Maguayr.



