Maguayr: "Jadvalga qaramagan holda oldinga intilishda davom etamiz"
08 noy 2020 13:38
Yangiliklar
Maguayr: "Jadvalga qaramagan holda oldinga intilishda davom etamiz"
"Manchester Yunayted" sardori Xarri Maguayr APL doirasida "Everton" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
"Uch ochko olishimizni bilgandim. Mavsum endigina boshlandi, yo'qotilgan ochkolarning o'rnini to'ldira olamiz. Omadsizliklardan keyin o'zimizni yo'qotib qo'ymasak bo'lgani.
"Tottenxem"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Nyukasl"ni 4:1 hisobida mag'lub etdik. O'yinni yaxshi boshlagandik, biroq golni birinchi bo'lib biz o'tkazib yuborganimiz alamli bo'ldi.
Yigitlar klub shani uchun harakat qilishmoqda. Barchamiz jamoaviy o'yinning kuchayishini va bahslarda yuqori tempda o'ynashni istaymiz.
"Istanbul"ga qarshi o'yindan keyin barchamiz bosh murabbiydan uzr so'radik. Bunday yosh bolalarcha xato qilmaslik kerak edi. Ammo tarkibimiz yaxshi, yuqori o'rinlar va sovrinlar uchun kurasha olamiz", - dedi Maguayr.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar