So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

MAG'LUBIYAT FALSAFASI Yangiliklar

MAG'LUBIYAT FALSAFASI

O'zbekiston milliy terma jamoasi so'nggi to'rtta turda faqat bir marta g'olib bo'ldi.

Bularning barcha-barchasiga murabbiy aybdor! Saralash bosqichida nechta o'yin bo'lgan bo'lsa, bari bir xilda, hech qanaqa o'zgarish yo'q, o'yindan-o'yinga ochilib borish yo'q. Aksincha, turdan-turga o'yinimizning sifati tushib bordi.

"SERVIS"

Ikkinchi va uchinchi bosqichning dastlabki o'yinlarida charter reyslardan foydalangan terma jamoamiz, hal qiluvchi palla kelganida oqsoqlandi. O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent vaqti bilan 28 avgust kuni soat 19:00da mehmonxonadan chiqib ketdilar va 29 avgust kuni soat 12:00larda Vuxan shahridagi mehmonxonaga borib joylashdilar. Muhim o'yin oldidan sarf etilgan 17 soatni sifatli xizmat ko'rsatish orqali kamaytirish ham mumkin edi. Janubiy Koreya terma jamoasi o'yinga bir necha kun qolganida Toshkentdagi vaziyat bilan tanishib ketgan bir pallada, O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkib o'yinchisi muhim pallada zaxarlanib o'tirsa. Qani professionallik? Nega boshqalar kabi MTJda o'zining oshpazi yo'q? Bizda oshpaz va "dietolog"ni ishini ham bir kishi, jamoaga tez tibbiy yordamni ko'rsatishi mumkin bo'lgan shifokor bajaradi. Mana Sizga natijasi. Bu o'yin oldi yo'l qo'yilgan va yakunda bizning zararimizga ishlagan xatolardan ikkitasi.


NESTEROVGA SAVOLLAR BORMI?

So'nggi to'rtta o'yinda mag'lubiyatga uchradik, shulardan hech yo'g'i bittasida, ha BITTASIDA Ignatiy Nesterov darvozada turganida biz bugun JCHga chiqayotgan bo'lar edik. Qarang, biz o'zimizdan tepadan turgan jamoalarga mag'lubiyatga uchraganmiz, Janubiy Koreya, Eron va Suriya, aynan shu terma jamoalardan olinadigan ochkolar bizni hozir hech bo'lmasa uchinchi o'rinda qayd etilib turilishimizga sabab bo'lgan bo'lardi. Kim kuchli, Suyunovmi yoki Lobanov degan savollarga men doimiy ravishda Nesterov deb kelganman, bugun Nesterov yana bir bor so'zimni isbotladi.

SERGEEVGACHI?

Unga savollar ko'p! Unga emas, Samvel Babayanga savollar ko'p. "To'p uchun oxirigacha kurashadi, himoyaga qayta oladigan hujumchi u", deb maydonga tushiraveradigan Sergeev bor o'yinda terma jamoa gol urmayapti va gollar o'tkazayapti. O'z-o'zidan uni na himoyada, na hujumda foydasi tegmayotganligidan darak bu! Odil Ahmedovning bugungi gaplari ham aynan unga tegishli ekanligini butun dunyo TV orqali eshitdi! Agar terma jamoamiz JCHga chiqishini istasang, 32 million xaql sendan iltimos qiladi, iltimos O'YINGA TUSHMA! 

JAVOBINI ODIL AHMEDOV BERDI!

MTJ sardorining alam bilan bergan intervyusini tomosha qildingiz. Yana nima deyish mumkin? Bu futbolchilar JCHga chiqishni istashmayapti deganlarga javob. Denisov, Nesterov, Jeparov va Ahmedov bu so'nggi imkoniyat ekanligini bilib turibdi. Aslida Eron bilan o'yindan keyin Ahmedov MTJdagi faoliyatini tugatishni istagandi, lekin o'zida kuch topgandi. Agar Janubiy Koreyani yutvorsak, bilingki unda faqat 5-6 kishining hissasi bo'ladi! Agar mabodo gol urib qo'yib, ishni qoyil qilgandek OAVga nafrat ko'zi bilan qaraydigan bo'lsangiz... Biz bilib bo'ldik, kim, aslida kim! 

NOO'RIN O'ZGARTIRISHLAR

Mirzaev va Haydarovni o'yinga qo'yish, umuman noto'g'ri edi. Haydarovni o'yinni boshidan qo'yish kerak edi yoki umuman tushirmaslik. Hujum qilishi kerak bo'lgan terma jamoa nega tayanch yarim himoyachisini tushirganini Samvel Babayandan boshqa hech kim tushuntirib bera olmasa kerak. Sardor Mirzaev bunday katta o'yinlarda o'ynamagan bo'lsa, OCHL bilan hal qiluvchi palladagi MTJning o'yini boshqa-boshqa narsa ekanligini hamma biladi. Abramovni bitta ustun tomoni bor edi, tarkibda qilgan xatosini 5-daqiqadayoq tuzatishdan qo'rqmasdi. Qosimovning ustun tomoni esa futbolchilarni joy-joyiga to'g'ri qo'yishida. Bu "Sony Playstation" emas-ki, istagan paytda uni yoqib o'yinchilarni joy-joyiga qo'yib o'ynatadigan. Bu MTJ, unda tayyor o'yinchilar, o'yin amaliyotiga ega futbolchilar harakat qilishi kerak. To'xtaxo'jaevni markazga qo'yib, SHorahmedovni qanotga, o'z joyiga qo'y! 


Bu murabbiy

HAMDAMOV, MUSAEV, GALIULIN ham O'ZBEKISTON FUQAROSI!

Issiq jonmiz, mana Sardor bilan nima bo'ldi? Uning o'rnini bosishi mumkin bo'lgan futbolchi bu Doston Hamdamov edi. O'sha Hamdamovni Sergeevdan kam joyi yo'q, bu mavsum Sergeev 6ta, Hamdamov 10ta gol urdi. Pasportida O'ZBEKISTON degan yozuvi bor, xuddi shunday Galiulinda ham. SHomurodovdan ko'ra ancha erta ketgan Rossiyaga va zaxiradan qachon maydonda tushishini kutmaydi. Bu bilan SHomurodovni yomonlamayapmiz. SHomurodov bugun yomonlar ichida, eng yaxshilaridan biri bo'ldi. Musaevni nimasi kam? Bugun aynan u maydonga tushishi kerak edi. Asosiy tarkibda Aziz Haydarov o'ynamagach, Ahmedov ham bekorga oldinga qarab chopib keta olmasdi. CHunki uning ortida ishonadigani yo'q edi. Nahot shuni Babayan bilmasa? To'g'ri, bu eng kuchli terma jamoa, kuchsiz murabbiy qo'l ostidagisi faqat! Boshqa murabbiy qo'l ostida biz allaqachon JCH yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan bo'lar edik.

HAKAM

O'z maydoningda devorlar ham yordam beradi. Bizni qiyshiq zarbalarimizga hakam aybdor emas!

YANGI MURABBIY KERAK

Bugun bolalar futboli, PFL yoki boshqa narsalar haqida yozmaymiz. Ko'p yozdik. Abramov va Qosimovni birgina o'yinga tandem sifatida taklif qilaylik, bundan battari bo'lmaydi, ko'rasiz, biz Koreyani yutamiz.

CHIPTANI O'Z NARXIDA "SOTISH"!

Mana endi bizga muxlis kerak, yuragida o'ti bor muxlis kerak. Lekin chiptalar "kassa"larda "berkinib" yotgan bo'lsa, Janubiy Koreya bilan o'yinda muxlislarning o't bo'lib yonishini kutmang! CHiqar chiptani, sot o'z egasiga, o'z narxida, vijdonan kirishing ishingizga, biz juda yaxshi bilamiz chiptalarni kim "bosib" yotganini! 


CHipta o'z narxida sotilmasa, bunday holatni o'yinda ko'rmaymiz!

ERTAGA BAYRAM, DUO QILING!

Ertaga yurtimiz bo'ylab Qurbon hayiti keng nishonlanadi. Ertaga hayit nomozlari o'qiladi! Ahmedovning gapi barchamizning et-etimizni jimirlatdi to'g'rimi? Keling shu yigitlarimiz uchun duo qilaylik, so'raylikki Janubiy Koreyani mag'lubiyatga uchrataylik. O'quvchilardan iltimosimiz, so'kinmang! Sizlar uchun o'ynaganlar haqqi-hurmati, ularni haqorat qilmang!

Championat.asia jurnalistlari!


Reyting: +92   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика