So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Барселона"нинг ғалабали серияси 8-ўйинга келиб якунланди, "Осасуна" Каталония жамоасига 4та гол урди  121 01:25Давид Сильва: "Футбол роботлашиб қолди, иқтидорларда эркинлик кам. Бугун тики-такани кўриш қийин"  0 00:10Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов ўз уйида "Зоб Ахан"дан устун келди  1 00:00РПЛ. "Акрон" меҳмонда "Ростов"дан устун келди, Шерзод Эсанов эса...  2 23:40Бундеслига. "Бавария" ва "Байер" ўртасидаги марказий ўйинда дуранг қайд этилди  3 23:30АПЛ. Салоҳнинг голи "Ливерпуль" меҳмонда "Вулверхэмптон" устидан ғалабани тақдим этди  4 23:03Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда мағлубиятга учради, Алиқулов 90 дақиқа ҳаракат қилди  1 22:57А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Женоа"ни йирик ҳисобда таслим этди  3 22:33Карло Анчелотти: "Атлетико" кучлироқ бўлди, улар "Реал" ва "Барселона" билан чемпионлик учун курашишади"  0 22:00Лига 1. "Ланс" ўз майдонида "Ницца" билан дуранг қайд этди, Ҳусанов доимгидек ўйиннинг энг яхши ўйинчиси бўлди  15 21:34Илёс Зейтуллаев: “Дуранг биз учун жуда қониқарли натижа эмас”  6 21:26Рўзиқул Бердиев: “Биринчи голдан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  13 21:14АПЛ. "Арсенал" "Лестер"га қарши ўйинда 90+2 ва 90+9 дақиқаларда урган голлари эвазига ғалабага эришди  8 19:59Палмер рекорд ўрнатди  12 19:39"Реал" собиқ ҳужумчиси: "Ямаль келажакда буюк футболчилардан бирига айланиши мумкин"  7

Maftunkor futbolning sirli jumboqlari Yangiliklar

Maftunkor futbolning sirli jumboqlari

Nihoyasiga etgan Evro-2016 natijalari futbol qonunlarining har doim ham mantiqqa mos kelavermasligini yana bir karra isbotladi.

Yaqqol favorit sifatida etirof etilgan jamoalar turnirni barvaqt tark etishdi, boshqalari guruhdan chiqishni ham uddalay olishmadi. Tabiiyki, ko'plab jamoalarning mutasaddilari (birinchi navbatda bosh murabbiylar) omadsizlikni turli sabablar, jumladan, shogirdlarining etarli tajribaga ega emasliklari yoki saviyasi past ligalarda to'p surishlari bilan izohlashdi. Biroq shu paytgacha biror-bir top-liga jamoasiga ustozlik qilmagan Fernandu Santushning jamoasi Franciyani qita chempioni maqomida tark etdi. Vaholanki, ilk marta shohsupaga ko'tarilgan Portugaliya tarkibidagi 12 nafar futbolchi o'rtamiyona chempionat vakillari edilar.

Ruy Patrisiu, Sporting (Lissabon)

Ha, Evro-2016 finalining bosh qahramoni o'z faoliya­tini Portugaliya chempionatida o'tkazmoqda. Yorqin seyv­lari qo'pol xatoliklar bilan almashib turadigan 28 yoshli darvozabon shu paytgacha top-klublar etiborini qozona olmadi. Ruy JCH-2014 bahslarini ham muvaffaqiyatsiz o'tkazdi, Sporting esa CHLda CSKAga imkoniyatni boy berdi. Keyinchalik Patrisiu klubi ELda Lokomotiv bilan bir guruhda to'p surib, qiyinchilik bilan pley-offga yo'l olgandi. Xullas, Ruy armiyachilar va temiryo'lchilarga qarshi 3ta uchrashuvda 7ta gol o'tkazib yuborgandi. Buni qarangki, endi u Evropa chempioni!

Eduardu, Dinamo (Zagreb)

Portugaliya terma jamoasining faxriysi ikki yildan buyon zagrebliklar sharafini himoya qilmoqda. Biroq Xorvatiyaning o'rtamiyona chempionati Santushni shu pos­bonga ishonch bildirishdan qaytara olmadi. To'g'ri, Eduardu Franciyaga 3-darvozabon sifatida tashrif buyurdi. Lekin u kerakli payt Patrisiu yoki Antoni Lopeshning o'rnini egallashga tayyor edi.



Brunu Alvesh, Fenerbaxche (Turkiya)

O'z vaqtida Zenit tarkibida to'p surgan faxriy himoyachini rossiyalik muxlislar sekin harakatlari uchun rosa kalaka qilishardi. Hozir ana shu toshbaqa Evropa chempioni! Boz ustiga, Portugaliya yarim finalga qadar etib borgan va penaltilar seriyasiga ko'ra Ispaniyaga imkoniyatni boy bergan avvalgi qita birinchiligida ham Brunu asosiy himoyachilardan biri bo'lgandi. Franciyadagi yarim finalda u Pepe o'rniga maydonga tushirildi va ishonchli o'yin ko'rsatdi. Erkin agent maqomiga ega bo'lgan 34 yoshli futbolchi Fenerbaxchedan Kalyariga o'tdi.

Elizeu, Benfika (Lissabon)


32 yoshli futbolchi o'zining universalligi evaziga Fernandu Santushning ishonchiga sazovor bo'ldi. Himoya va yarim himoya chiziqlarida birday samarali to'p sura olishini u Evro-2016da to'liq namoyish etdi. Avvaliga u Vengriyaga qarshi kechgan guruh bosqichi bahsi(3:3)da 90 daqiqa o'ynadi. Keyin Polsha bilan chorak final bellashuvida 120 daqiqa to'p surdi. Darvoqe, Elizeu Renatu Sanshesh bilan hamkorlikda Benfika safida maydonga tushib Zenitni ECHL nimchorak finalida musobaqadan chiqarib yubordi, iyul oyida esa, o'z faoliyatidagi ilk yirik musobaqada shohsupaga ko'tarildi.

Renatu Sanshesh, Benfika (Lissabon)

18 yoshli Renatuning taqdiri armiyachi Aleksandr Golovinnikiga o'xshash. Biroq 20 yoshli rossiyalik kasbdoshidan farqli o'laroq, Sanshesh nafaqat o'smirlar o'rtasida, balki katta futbolda ham qita chempioni unvoniga sazovor bo'ldi. Natijada Benfika yosh burgutni Bavariyaga kattagina mablag'ga pulladi. Sanshesh 2015 yil oktyabrida ichki chempionatdagi debyutini nishonlagandi. CHL guruh bosqichi yakunlanishi arafasida Benfikaning asosiy tarkibidan joy olgach, Lissabonda uzoq ushlanib qolmasligi malum bo'lgandi. Santush yosh shogirdini guruh bosqichida zaxirada saqladi, pley-offda esa u ajoyib o'yin ko'rsatib, Evro-2016ning eng yaxshi yosh futbolchisi unvoniga loyiq ko'rildi.

Joau Mariu, Sporting (Lissabon)

Bu yarim himoyachini ham bemalol Evro-2016ning yorqin kashfiyotlari safiga kiritish mumkin. Mariudagi yuksak samaradorlik va kurashga chanqoqlik bo'lajak chempionlar tarkibidagi muhim ijrochilardan biriga aylantirdi. Vaholanki, Joau o'tgan mavsumdagi CSKA va Lokomotivga qarshi kechgan bashlarda 3 marta maydonga tushgan va 2ta uchrashuvda o'z o'rnini jamoadoshiga bo'shatib bergandi. Franciyada esa barcha uchrashuvlarda maydonga tushdi. Setubaldagi qisqa ijarani hisobga olmaganda, 23 yoshli futbolchi faqat Sporting safida to'p surgan.

Adrian Silva, Sporting (Lissabon)

27 yoshli yarim himoyachi ham Sporting azosi bo'lsada, qisqa muddatga Xayfaning Makkabisida to'p surib xalqaro tajribaga ega bo'lgan. Evro-2016ning pley-off bosqichida Portugaliya terma jamoasining asosiy tarkibidan joy oldi. Mazkur musobaqada ham Silva, CSKA va Lokoga qarshi bahslarda samarali to'p surdi.

Vilyam Karvalyu, Sporting (Lissabon)

Ko'pchilik jamoadoshlaridan farqli o'laroq, Kar­valyu aksariyat top-klublar nishonida bo'lsa-da, hozircha Sporting va Bryuggedan nari o'tmadi. Evro-2016da 5ta uchrashuvni dastlabki tarkibda boshladi, Uels bilan kechgan yarim final o'yinini sariq kartochka tufayli o'tkazib yubordi. Rossiya klublariga qarshi uchrashuvlarga kelsak, CSKA va Lokomotivga qarshi bahslarda jarohat tufayli maydonga tushmagan.

Pereyra Danilu, Portu (Portugaliya)

Portugaliyalik futbolchilarning ko'pchiligi uchun Evro-2016 dastlabki yirik musobaqa bo'ldi. Renatu Sanshesh, Joau Mariu, Adrian Silva, Fonte, Gerreyro, Sedrik, Elizeu, Andre Gomesh, Eder qatori yosh yarim himoyachi Pereyra Danilu ham ilk marta yirik turnir havosidan bahramand bo'ldi. Qizig'i shundaki, yuksak darajadagi musobaqalarda to'p surish tajribasining umuman yo'qligi bu futbolchilarning oltin medallarni qo'lga kiritishlariga xalaqit bermadi. Faoliyatini Parmada boshlagan Danilu uzoq vaqt davomida ijara mashaqqatlarini tatib ko'rdi, Maritimu orqali asta-sekin o'z o'yinini topib oldi. 2015 yili Portu 4,5 mln. evro evaziga uni o'z safiga qo'shib oldi. Hozir bu baho qita chempioni uchun kamlik qilishiga shubha yo'q. Danilu Franciya maydonlarida 5ta uchrashuv o'tkazdi. Jumladan, yarim finalda Vilyam Karvalyu o'rnini alo darajada to'ldirdi.



Rafa Silva, Braga (Braga)

Braganing hujumkor yarim himoyachisi Evropa chempionatida bor-yo'g'i 5 daqiqa (Avstriyaga qarshi) to'p surgan bo'lsa-da, boshqa jamoadoshlari qatori chempionlik unvonini qo'lga kiritdi. Portugaliyalik Azar laqabiga loyiq ko'rilgan futbolchi uchun klubdagi mavsumi muvaffaqiyatli o'tdi. Braga ELda chorak finalga qadar etib bordi, Silva esa, 12ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 3ta gol yozib qo'ydi. Portugaliya matbuotining malumotiga ko'ra, Zenit Silva uchun 15 mln. evro taklif qilgan. Migel Dannining jarohati tufayli Evroga yo'l olgan futbolchi shu tariqa Piter klubiga yo'l olishi mumkin.

Nani, Fenerbaxche, (Turkiya)

O'z vaqtida noyob iqtidor sohibi sifatida etirof etilgan futbolchi MYUdagi o'yinlari orqali tanildi. Keyinchalik uning harakatlaridan qoniqmagan qizil iblislar 2014 yili Sportingga surgun qilishdi, o'tgan yili esa, turk klubiga sotib yuborishdi. Fenerbaxche tarkibidagi 28ta uchrashuvda 8ta gol urgan Nani 9ta golga assistentlik ham qildi. Yuksak saviyada to'p sura olishiga Evro-2016dagi muxlislar guvoh bo'lishdi. Ikki yildan buyon top-chempionatlardan ayro yurgan futbolchi Franciyada o'z hisobiga 3ta gol yozgan holda musobaqaning eng yaxshi to'purarlari safidan o'rin oldi.

Rikardu Kuarejma, Beshiktosh (Turkiya)

Navqironlik payti Kuarejma mashhur yulduzlar qatoridan joy olishi taxmin qilingandi. Biroq Barselona keyinchalik Interdagi omadsizliklar hujumchini sindirgandek bo'ldi. Moddiy taminotni yaxshilash maqsadida BAA va Turkiyaga yo'l oldi. Jumladan, o'tgan mavsumni Beshiktosh tarkibida o'tkazgan Rikardu, 26ta o'yinda 4ta gol urib, 6ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Albatta, bunchalik kamtarona statistika bilan biror-bir terma jamoa ishonchiga kirish qiyin. Lekin Fernandu Santush Kuarejmaning tajribasiga ishondi va barcha uchrashuvlarda maydonga tushirdi. Evaziga Rikardu Xorvatiya darvozasiga urgan goli bilan g'alabani taminladi. Finalda esa jarohat tufayli maydonni tark etgan Krishtianu Ronaldu o'rnida munosib to'p surdi.


Sodiq SOBIR tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика